AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Bitiruvchi yoshlar parvozga shay!

Bu yil tumanimizdagi 76 ta umumta'lim maktablarining 9-sinfini 3188 nafar o‘quvchi-yoshlar bitirib, ta'limning keyingi bosqichi – akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yo‘l oladilar.

Ayni kunlarda umumta'lim maktablarida "so‘nggi qo‘ng‘iroq” jaranglashini dillarida hayajon va ezgu orzular bilan kutayotgan 9-sinf o‘quvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish maqsadida 2015-2016 o‘quv yili davomida aniq va puxta reja asosida ish olib borildi. Ya'ni, o‘quv yili davomida uch marta so‘rovnomalar o‘tkazildi. Bu so‘rovnomalarda 9-sinf bitiruvchilari, ularning ota-onalari, ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar, sinf rahbarlari, maktab psixologi hamda maktab direktorlari ishtirok etishdi.

Yil o`qituvchisi - Jumamuratova Sayyora (boshlang`ich ta`lim)

"Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi-2016"  Qoraqalpog`iston Respublikasi bosqichi g`olibi

Yil o`qituvchisi - Matlatipova Nargiza (ona tili va adabiyoti)

"Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi-2016"  Qoraqalpog`iston Respublikasi bosqichi g`olibi

YIL O`QITUVCHISI HUJJATLARI-2-ЙИЛ ЎҚИТУВЧИСИ ҲУЖЖАТЛАРИ-2

(Tuman bosqichi g`oliblari hujjatlarini ko`chirib olish)

“Kamalak bilimdonlari” tanlovi

“Kamolot” YOIH tashabbusi bilan Amudaryo tumani 9-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida 2016 yil 26-mart kuni "Kamalak bilimdonlari” Respublika tanlovining tuman  bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Bir kuni taksiga chiqdim. Keksa bir otaxon ekanlar. Yo’l-yo’lakay suhbatlashib keldik. Yarim yo’lda bir bola qo’l ko’tardi. Otaxon to’xtadi. — Sergeli yarmarkaga. Assalomu alaykum. Otaxon Sergeli so’zini eshitishi bilanoq “Yo’q, bolam, biz boshqa joyga” deb mashinani yurg’izishni boshlagandi, shu sababli bolaning “Assalomu alaykum” deganiga javob qaytarolmay qoldilar, aniqrog’i kechroq javob qaytardilar, ungacha biz biroz oldinga yurib ketgandik, otaxonning alik olgani bolaga eshitilmagani aniq. Dastlab jim ketdilar. Lekin biroz fursat o’tgandan so’ng “Eh, birinchi salom berib, keyin joyni aytmaysanmi, salominga alik ololmay qoldim” dedilar. Yuzlaridan qattiq afsusda ekanliklari ko’rinib turgandi. Orqani ko’rsatuvchi oynaga bir necha bor qarab qo’ydilar. Bizdan so’ng, bola keyingi mashinaga o’tirgandi, yo’qsa, otaxon orqaga qaytib, alik olib kelganida ham hayron qolmasdim. — Bolam, hech qachon unutma, salom bu juda yaxshi so’z! Har bir ishni salomdan boshlash kerak. Senga maslahatim, salom-aligingni hech qachon kanda qilmagin. O’zing uchun foyda”, - dedilar. Assalomu alaykum!

Xushnudbek Xudayberdiyev

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?