AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Konferentsiya

Ismingiz:*
E-Mail:*
Savol mazmuni:
Savol: Assalomu Alaykum hurmatli sayt ijodkorlari, ishlaringizda omad va zafarlar tilayman! Sizlarga bir savolim bor edi, aniq va puhta javob berasizlar degan umiddaman. Men 2-toifali oliy ma`lumotli chet tili o`qituvchisiman. Toifa olganimga 1 yil bo`ldi. Ammo malakadan o`tganimga 5 yil bo`ldi. Bu yil malakadan o`tishim zarur. Maktabimiz rahbarlari malakadan o`tganingga 5 yil bo`lganligi uchun sentabr tarifkassasida seni tasdiqlamaydi, senga dars berolmaymiz deyishmoqda. Malaka muddati yetganda ustama va toifa tushirib qoldirilishini bilaman, lekin bu meni ishsiz qolishimga asos bo`la oladimi? Meni ishdan chetlashtirmoqchi bo`lishgani to`g`rimi?
Sana: 2018-08-30 Ismi: Jo`rayeva Xadicha E-mail: germiyona@inbox.ru
Javob: Мактабда ишловчи ходим 5 йил ичида малака оширишдан ўтиши шарт. Лекин унинг малака оширишдан ўтмаганлиги у билан меҳнат шартномасини бекор қилишган асос бўла олмаслиги мумкин. Иш берувчи билн тузилган меҳнат шартномасида айнан шу банд киритилган бўлса шартнома бекор қилиниши мумкин. Бу индивидуал ҳолат бўлиб 100 фоиз жавоб бериш учун ҳужжатлар ўрганинилиши, нима учун малака оширишга вақтида борилмаганлик сабаблари ўрганилиши лозим. ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ 2017 ЙИЛ 28 ДЕКАБРДАГИ 1026-СОН ҚАРОРИГА 3-ИЛОВА Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим муассасаларининг педагог ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш тўғрисида НИЗОМ 39. Педагог ходимларнинг малакасини ошириш давомийлиги уни ташкил этиш шаклларига ҳамда педагог ходимнинг касбий малака даражасини ва индивидуал касбий эҳтиёжини ҳисобга олган ҳолда буюртмачи томонидан белгиланадиган талабларга боғлиқ ҳолда аниқланади. Педагог ходимлар 5 йилда камида бир марта малака оширишлари шарт.
Sana: 2019-04-27

Savol: Maktabimizda 800 ga yaqin o'quvchi mavjud. Savol men MMIBDO' lavozimida ishlayman. Mening 1 shtat zamligim bor xosh menga qancha oylik yozilishi mumkun. Yani mehnatga haq to'lash qarorida qancha oylik berilish kuzda tutilgan.
Sana: 2018-08-03 Ismi: Murot E-mail: begimkulov.93@mail.ru
Javob: 15.07.2018 dan boshlab direktorning ma`naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosariga maktabda 401-880 nafar o`quvchi bol`ganida 1 794 121 so`m, 881-1600 nafar o`quvchi bo`lgan vaqtda 1 902 467 so`m to`lanadi.
Sana: 2018-08-07

Savol: Assalomu aleykum.Men 2011-yilda UzDJtU ingliz tili filologiyasi fakultetining magistratura bosqichini tamomladim.maktabda ingliz tili o'qituvchisi lavozimida ishladim.Magistratura diplomim borligi uchun 2-toifali ustoz edim.2016-yil 6-mayda meni davlat attestatsiyasidan o'tishim kerak edi.Lekin men shu yili 1-apreldan tug'ruq ta'tiliga chiqdim.Maktab rahbarim tug'ruq ta'tilidan ishga qaytsangiz attestatsiya topshirmaganingiz uchun 2-toifadan mutaxxasisga tushasiz dedi.shunday bo;lishi mumkinmi?
Sana: 2018-05-10 Ismi: Fotima E-mail: fotimayuldasheva@mail.ru
Javob: Maktabda ishlovchi xodim har 5 yilda o`z malaka toifanisini tasdiqlatishga majbur. 5 yildan ortiq davrda turli sabablar bilan attestatsiyadan o`tmaslik uning malaka toifasini saqlab qolinishi huquqini bermaydi. Bu yerda maktab ma`muriyatining harakati to`g`ri.
Sana: 2018-05-15

Savol: 8-sinf "odam va uning salimatligi"kitobini aloxida ijaraga olishim mumkinmi?abutruntlar uchun.
Sana: 2018-03-10 Ismi: Iroda E-mail: Irodasattorova.@mail.uz
Javob: Ijara tizimi faqat o`quvchilar uchun amal qiladi. Boshqalar uchun darsliklar ochiq savdo orqali sotiladi.
Sana: 2018-03-15

Savol: Assalomu aleykum 4-yildan biri maktabga ishlayman Jismoniy tarbiyadan dars beraman ma'lumotim oliy oylik masalada savolim bor. Sinf raxbarlik qancha to'lanadi.22-soatga qancha to'lanadi.Yuqori sinflarga dars o'taman Lekin oylikni sinf rahbarlik bilan birga hisoblaydi. Lekin padaxod soliq katta bo'lib ketiyabdi.oylikni necha foizni soliqa ushlash kerak.Shu savolimga javob berishigizni so'rayman oldindan raxmat
Sana: 2018-02-24 Ismi: Zuxra E-mail: zuxra_uz@mail.ru
Javob: Ish haqi va undan ushlanadigan daromad soliq UzAsbo dasturi asosida avtomatik ravishda hisoblab ushlab qolinadi. 99% hollarda bu borada xato uchramaydi.
Sana: 2018-02-28

Savol: Assalomu aleykum Avvalo sizlarni kirib kelayotgan yangi 2017 Yangi Yil bilan tabriklayman. Oilangizga xotirjamlik, ishingizga ulkan zafarlar tilayman. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilar bilimini baholash mezonlari, to'garak ishlarini tashkil etish tog'risida, ish yuklamalari yuritish, pedagog xodimlarni attestatsiyadan o'tkazish tartib qoidalari tog'risidagi me'yoriy xujjatlar haqida batfsil ma'lumot berishingizni so'rayman. Yoki ushbu qaror va tartiblar batafsil berilgan ma'lumotlarni yuqoridagi elektron addressga yuborishingizni sorayman. Hurmat bilan Jahongir
Sana: 2016-12-28 Ismi: Jahongir E-mail: jahongir_uz@mail.ru
Javob: Bu ma`lumotlar Amuziyo.uz saytining Me`yoriy hujjatlar bo`limida mavjud. Shu yerdan ko`chirib olishingiz mumkin.
Sana: 2017-01-03

Savol: Maktab o'qituvchilari qancha vaqtda malakadan o'tishlari kerak?
Sana: 2016-12-24 Ismi: BEGZOD E-mail: beg.uz
Javob: Umumta`lim maktablari o`qituvchilari malaka oshirish davriyligi 5 yilda kamida bir marta qilib belgilangan.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi 234-son qaroriga asosan.
Sana: 2016-12-24

Savol: Мен бир шахсдан 6 сотихли эр майдони сотиб олиб уни куриб битказиб яшаяпман.УЙНИ номимга кандай килиб утказаман?жавоб учун рахмат
Sana: 2016-12-14 Ismi: Ренат E-mail: Ренат.uz
Javob: Бизнинг сайтимиз таълим соҳаси бўйича. Бу масала бўйича туман (шаҳар) кадастр бўлимига мурожаат қилинг.
Sana: 2016-12-19

Savol: мени саволим йўқ, лекин, таклифларим бор бу сайтдан фойдаланувчилар сонини кўпайтириш керак экан, яъни оммалаштириш.
Sana: 2016-12-13 Ismi: Оллоберганов Оғабек Комилжон ўғли E-mail: Olloberganovogobek@umail.uz
Javob: Рахмат. Сайтда маълумотларни жойлаштириш масаласида бироз муаммолар булгани учун факат тест режимида ишламокда. Кейинчаликни янгиликларни купайтириб, такомиллаштириш режалаштирилган.
Sana: 2016-12-14

Savol: O'qituvchi hodim o'rta malumotli bo'lsa lekin uning tug'riq ta'tiliga qoldirilib keyin 2 yildan keyin ta'tildan kelib ishga tushish niyatini bildirsayu lekin direktor sen o'rtasan ishga qo'ymayman bo'shataman desa bu qonuniymi?mumkinmi shunday qilishi ?
Sana: 2016-11-27 Ismi: ANVAR E-mail: anvar.ruzmetov.1961@mail.ru
Javob: Umumta`lim maktablarida o`qituvchi oliy ma`lumotli bo`lishi talab qilinadi. Agar bir mutaxassislikda o`rta maxsus ma`lumotli va oliy ma`lumotli kadr ham bo`lsa oliy ma`lumotli kadr imtiyozga ega. Batafsil javob uchun vaziyatni to`liq o`rganish kerak.
Sana: 2016-12-01

Savol: mening kizim med kollejdga 1 ball bilan yikilldi men kizim boshka joyga ukishini xoxlamayman nima kilishim kerak.raxmat
Sana: 2016-08-16 Ismi: Saodat Raximova E-mail: saodatraximova@gmail..com
Javob: O`rta maxsus kasb hunat ta`lim muasssasalarida sinovlar Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladi.Sinovdan o`to`lmagan o`quvchidan boshqa kasb hunar kolleji yoki akademik litseyda ta`lim olishi shart. 12 yillik ta`lim majburiy hisoblanadi.
Sana: 2016-09-20

Savol: Maktab buxgalteriya uzasbo dasturi bilan ishlaydi, nima uchun xodimlarga o`zlariga tegishli bo`lgan login parol berilmaydi. hamma ushbu dasturdan foydalanishga haqliku. qanday qilib bilish mumkin?
Sana: 2016-07-08 Ismi: Shahnoza E-mail: shahnoza14@mail.ru
Javob: UzASBO dasturi paroli muassasa rahbari va hisobchisiga beriladi. Agar siz hisobchi bo`lsangiz parol olish uchun tuman (shahar) moliya bo`limiga murojaat qiling.Boshqa ishchilarga UzASBO dastirudan foydalanishga ruxsat qilinmaydi.
Sana: 2016-10-04

Savol: Assalomu aleykum . Man 19 yoshka tolaman wu hafta. Xitoyga grant asosida o'qiwka ketmoxchiman sentyabrda lekin Ovier ga hujjatlar yegish jarayonida Vainkamat dagilar armiyaga pul tolamaguningcha ruxsat bermimiz dishti. Hujjatlarim to'liq joyida va Universitetga kirganligm haqida malumotnoma ham taqdim etdim vainkamatga ln ular baribr armiya pulini to'laysan kn ruxsat beramiz dishti. Nima qilsam bo'ladi
Sana: 2016-06-03 Ismi: Saidazim E-mail: azim0262@mail.ru
Javob: Bu masala yuzasidan aniq tavsiya yoki korsatma berish vakolatiga ega emasmiz. Lekin umumiy tarzda javob berish mumkin. Javob tavsiyaviy xarakterga ega bo`lib biror masalani hal qilish uchun asos bo`lib xizmat qilmaydi. Safarbarlik chaqiruv rezervi uchun shartnoma tuzilgan bo`lsa belgilangan summa (eng kam ish haqining 27.5 baravari) shartnomada ko`rsatilgan muddatda to`lanishi kerak. Chet elga o`qishga ketayotganligingiz to`lamaslik huquqini bermaydi. Bu masalada hamma hujjatlar to`liq o`rganilib chiqish orqali tavsiya berish mumkin. Bu masala bo`yicha interaktiv davlat xizmatlari my.gov.uz ga murojaat qilishingiz mumkin.
Sana: 2016-06-05

Savol: Davra suhbatlari to'liq matnlaridan kerak edi, agar iloji bo'lsa e-mailimga xabar bersangiz. Xursand bo'lardim
Sana: 2016-05-23 Ismi: Mansurjon E-mail: Mansurjon@umail.uz
Javob: Qanday mavzudagi davra suhbatlari? Qanday auditoriya uchun?
Sana: 2016-05-26

Savol: Синфда болалар олдида укувчини хакоратлаш мумкинми
Sana: 2016-05-10 Ismi: Назокат E-mail:
Javob: Yo`q. Mumkin emas. Bunday holat yuz bersa maktab rahbariyatiga murojaat qiling.
Sana: 2016-05-13

Savol: Assalamu alaykum hurmatle raxbariyat jamosi avalam bor javob uchun raxmat savollarim shundan lboratke man kuplab kashfiyotlar qilishim mumkin lekin mani shu soxa buyicha deflomlarim yuq ..... Kup joylarga bordim lekin foydasi bulmadi men yaratadigan narsalar kup odamlarning ongiga sig'medi xa aytgancha men barcha yarativchi fanlar ustida lshleman (adnakilasnikdagi sayitim nomi %Óralbek axmedov)murojat uchun raxmat.
Sana: 2016-04-23 Ismi: uralbek E-mail:
Javob: Yordamimiz tekkanidan xursandmiz. Kashfiyotlar qilish uchun diplom shart emas, faqat intilish bo`lsa bo`ldi. Qiziqqan sohangiz bo`yicha tegishli maslahat va ko`rsatmalar berishimiz mumkin. Shuningdek o`z tumaningizdagi Kamolot YOIH ga uchrashishni tavsiya qilamiz.
Sana: 2016-04-25

Savol: Barcha maktab saytlari nimaga ishlamayapti?
Sana: 2016-03-22 Ismi: In'omjan E-mail: isaparniyazov@umail.uz
Javob: Maktab saytlari domen registratsiyasi uchun pulni vaqtida o`tkazmagani uchun blokirovka qilingan.
Sana: 2016-03-27

Savol: Pensiya yoshida faoliyat olib borayotgan biolog o'qituvchilar bormi? Agar bo'lsa ma'lumot bering, tajriba almashmoqchiman
Sana: 2016-03-22 Ismi: Izzat E-mail: aminov-1996@umail.uz
Javob: Shaxsiy ma`lumotlarni saytda ochiq joylashtira olmaymiz. Uzr.
Sana: 2016-03-27

Savol: assalomu alaykum javob uchun oldindan raxmat agarda shaxodatnoma yirtilib ketsa uni qayta tiklash mumkinmi yoki yoqolgan bolsa
Sana: 2016-02-27 Ismi: sarvar E-mail: mustafokadirov37@gmail.ru
Javob: Yo`qolgan bo`lsa, 1.ichki ishlar bo`limiga xabar beradi, topilmasa tegishli tarzda tuman shahar ichki ishlar bo`limidan ma`lumotnoma olinadi.2. Respublika miqyosidagi gazetaga yo`qolgani va bekor qilingani haqida e`lon beriladi. 3.E`lon chiqqanidan bir oydan keyin shahodatnomani bergan maktab direktori nomiga dublikat shahodatnoma berish to`grisida ariza bilan murojaat qiladi. 4.Qolgan hujjatlar maktab direktori va tuman (shahar) xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi shug`ullanadi.
Sana: 2016-03-01

Savol:
Sana: 2015-10-17 Ismi: t@l@b@ E-mail: talaba10.7@inbox.ru
Javob: Va alaykum assalom!
Sana: 2015-10-17

Savol: 85-umum ta'lim maktabi haqida qayerdam malumot olsam bo'ladi oldindan rahmat.
Sana: 2015-10-09 Ismi: Nick RoLanD E-mail: Ravshan@bek.uz
Javob: 85-sonli maktab raqami 2013 yil tuman hokimi qaroriga asosan 56-sonli maktabga aylantirilgan.
Sana: 2015-10-12

Savol: Ta'lim muassasalari rahbarlari ustidan qayerga Shikoyat qilinadii ?
Sana: 2015-09-21 Ismi: E-mail:
Javob: Rahbariyatga. Tuman XTMFMTTEB mudiriga. Shikoyat turiga qarab tuman Ichki ishlar bo`limi yoki tuman prokuraturasiga. http://amuziyo.uz/uz/pages/show/administration/
Sana: 2015-10-17

Savol: Men ko'proq har xil fanlardan dars ishlanmalar olmoqchiman. men dars ishlanmalarning to'plamini qayerdan olsam bo'ladi.
Sana: 2015-06-05 Ismi: Ozodaxon E-mail: Starozodato'liboyeva@gmail.com
Javob: Amuziyo.uz sayti elektron kutubxona bo`limidan
Sana: 2015-06-11

Savol: Здравствуйте. Я ищу приказ президента на счет виза электрон карты для студентов
Sana: 2015-04-30 Ismi: Мурад E-mail: starmuradkhakimov@gmail.com
Javob: Уточните вопрос пожалуйста (мало информации)
Sana: 2015-05-01

Savol: Men yevropadan Ferrari 458almost Mashinasini O'zbekistonga olib kelmoqchiman. Iltimos qanday Yol bilan olib kelsam menga arzon tushadi . Javobini yozib yuborsangiz '.m Men 0'zbekman
Sana: 2015-04-21 Ismi: E-mail:
Javob: Bu savol bilan bilan bibi.uz saytiga murojaat qiling.
Sana: 2015-04-22

Savol: Yaqinda o'rta maktab pedagoglari attestatsiyadan o'tdilar shuninig natijalarini qayerdan bilib olamiz.
Sana: 2013-04-10 Ismi: Shuhrat E-mail: shuhrat.almaz
Javob: Ayni kunda natijalr O`z R VM huzuridagi DTM dan kelgan. Ma'lumotlar tayyorlanmoqda. Barcha jadvallar umumlashtirib 13 aprel kuni maktab direktorlari yig`ilishida e`lon qilinadi.
Sana: 2013-04-13

Savol: Bolalarimga ingliz tilini o'rgatmoqchiman. Shunga kompyuterda darslik qilib foydalansa bo'ladigan video orqali namoyish yoki rasm orqali ko'rsatib o'rgatadigan nimalar bor maslahat bering.
Sana: 2013-04-10 Ismi: Shuhrat E-mail: shuhrat.almaz
Javob: 1. Agar sizda internetga chiqish imkoniyati bo`lsa O`zbekiston respublikasi Xalq ta'limi vazirligi saytida ingliz tili bo`limi ochilgan. (saytga o`tish uchun http://eduportal.uz/uzb/info/talim/foreign/ ) 2. Bundan tashqari Amudaryo tuman XTMFMTTEB saytida "AKT va ingliz tili" bo`limi ochilgan bo`lib unda ma'lumotlar kiritib borilmoqda. (saytga o`tish uchun http://amuziyo.uz/uz.php/news/show/36 ) 3. Amudaryo tuman XTMFMTTEB xorijiy tillar metodistiga uchrashsangiz qo`shimcha multimedia mahsulotlarini olishingiz mumkin.
Sana: 2013-04-12

Savol: Maktab veb saytini yaratish uchun nima qilishimiz kerak?
Sana: 2013-03-20 Ismi: Yusupova Zulfiya E-mail:
Javob: Maktab veb saytini yaratish uchun Ziyonet ta'lim portalida maxsus bepul dastur mavjud. Lekin buning uchun Wordpress dasturida ishlash ko`nikmasi bol`ish kerak. Shuningdek hozirgi vaqtda faoliyat yuritayotgan maxsus veb dizaynerlar ham bor. Lekin ular xizmati pulli. Ziyonet ta'lim portalida yaratilgan Amudaryo tumani maktab sayti bilan tanishishingiz mumkin www.amudaryo26.zn.uz
Sana: 2013-03-21

Savol: Umumta`lim maktablari ham veb sayt yaratishi kerak deb hisoblaysizmi?
Sana: 2013-01-18 Ismi: Kenjebaev Sag'indiq E-mail: nyuton@inbox.ru
Javob: Albatta. Axborot asrida yashar ekanmiz eng avvalo maktabda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish malakasi bo`lmasa biz farzandlarimizga zamonaviy bilim bera olmaymiz.
Sana: 2013-03-13

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Dunyoda eng aqlli jonivor-baliq! Birinchidan, soqov. Ikkinchidan, muttasil dumini likillatadi!

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?