AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Velomarafon "Youth day"

Shu yilning 27-iyun kuni Amudaryo tumanida Yoshlar Ittifoqi Amudaryo tuman kengashi tomonidan  yoshlar o‘rtasida  “30-iyun “YOshlar kuni”  munosabati bilan “Yoshlar marafoni” va “Velomarafon” o‘tkazildi. Ushbu musobaqaga tumandagi Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari ham qatnashdi.

Namunaviy maktab ko`rgazmasi

2018 yil 22 iyun kuni tumandagi xalq ta’limi muassasalarida yangi 2018-2019-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Dalvt inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2018 yil 13 iyundagi 02-1583-sonli topshirig‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 8 iyundagi “Ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlari samaradorligini orttirish to‘g‘risida”gi 126-sonli buyrug‘iga ko‘shimchalar kiritish hamda bu bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 132-sonli buyrug‘i ijrosi o‘rganildi.

Bolalar uchun bayram dasturxoni

Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bayram dasturxoniga bodom, asal, har xil shirinliklar qo‘yish ta'qiqlanadi, chunki ular allergiya chaqirishi mumkin. Gazlangan ichimliklar o‘rniga turli sharbatlar, mevali kompotlar berish maqsadga muvofiq.

2-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dudlangan kolbasa mahsulotlari o‘rniga qaynatilgan yoki dimlangan go‘sht berish mumkin.

3-4 yosh bolalarga tuzlangan, konservalangan sabzovotlar, 5-6 yosh bolalarga o‘tkir taomlar, salatlar berish mumkin emas.Ushbu mahsulotlar tarkibidagi sirka (uksus), turli xil ziravorlar, murch, tuzlar buyrak, oshqozon-ichak tizimiga salbiy ta'sir qilishi, ayrim hollarda noxush holatlarga sabab bo‘ladi.

Olmaning ming bir xosiyati

Florida universiteti olimlari 45 dan 65 yoshgacha bo‘lgan bir guruh ayollarning osh-ovqatiga bir yil davomida kuniga 75 grammdan olma qoqi qo‘shib berib, tadqiqot o‘tkazdilar. Sinov davrida ular organizmidagi xolesterin miqdori tahlil etib borildi. Oradan olti oy o‘tib, ularda qon tomirlarda toshma hosil qiluvchi, ateroskleroz, yurak xuruji va insultga sabab bo‘ladigan yomon xolesterinlar miqdori o‘rtacha 23 foizga, shuningdek, yurak xurujiga sababchi deb qaraladigan biomarkerlar miqdori ham xiyla kamaygani qayd etildi. Bundan tashqari, olma qoqi tanovul qilgan ayollar 1,5 kilogrammgacha vaznlarini yo‘qotishgan.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Kuchli odamning g’azabidan qo’rqmang. Ojiznikidan qo’rqing! Kuchli to’ksa, o’z g’azabini to’kadi. Ojiz esa o’z g’azabi bilanbirga o’zgalardan ko’rgan sitamini ham qo’shib sochadi...

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?