AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Kompyuter texnikasining tug‘ilishi.

Kompyuter texnikasining tug‘ilishi matematika fani bilan bog‘liq. XVII asrning 70-yillarida buyuk ingliz fizigi, astronomi va matematigi Isaak Nyuton matematik tahlil asoslarini ilmiy jamoatchilikka havola etadi. 

Ingliz tilining o‘qitilishi

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini ” yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq endilikta ta'lim muassasalarida chet tillarini o‘rgatishga  e'tibor kuchaydi. Qarorni ta'lim jarayonigatadbiq qilish uchun tayyorgarlik ishlari barcha ta'lim muassasalarida boshlanib ketdi.

      Buning 40-sonli umuta'lim maktabimizda ham qaror asosida sinflar uchun maxsus xonalar ajratish va ularni jixozlash , bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va ularga intilish o‘rgatishda ta'lim sifatini yanada yuqori bosqichlarga ko‘tarish va darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rish kabi ishlar boshlab yuborildi. Qarorga asosan kelgusi o‘quv yilidan boshlab 1-sinf o‘quvchilari chet tilida o‘yinlar o‘ynaydi, og‘zaki so‘zlashadilar, 2-sinfdan esa alifbo o‘qish va grammatikani o‘rganishga kirishadilar.

Методика преподавания английского языка в начальной школе

Как правило, младшие школьники приступают к изучению английского языка с большим удовольствием, ведь для детей этот предмет совершенно новый, а поэтому вызывает у них живой интерес. Задача педагога – этот интерес сохранить. Выбирая методику преподавания английского языка в начальной школе, помните, что ребенок сопротивляется любому давлению со стороны взрослых, и объяснять младшему школьнику, что знание английского понадобится ему в будущем, бесполезно.

Ingliz tilidan bolalar uchun videodarslar

Ingliz tilidan bolalar uchun videodarslar (1-qism)

 

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

“Muhabbat” degan so’z hamma tillarda bor. Inglizlarda-“Lav”, nemislarda-“Libe”, lotin tilida “Amor”, rus tilida “Lyubov”... “Lyubov k Rodine”, “Lyubob k jenshine”, “Lyubov k materi”... Albatta, barcha tillarda bu so’zning bir necha xil ifodasi ham bor. Ammo o’zbek tilida “Muhabbat” degan so’z shu qadar rango-rang ma’nolarga egaki, hayratda qolasiz! “Yoqtirib qolmoq”, “Ko’ngil bermoq”, “Moyil bo’lmoq”, “Xushtor bo’lmoq”, “Oshufta bo’lmoq”, “Dil bermoq”, “Bedil bo’lmoq”, “Mubtalo bo’lmoq”, “Maftun bo’lmoq”, “Mahbub bo’lmoq”, “Oshiq bo’lmoq”, “Yaxshi ko’rmoq”, “Ishq”, “Ishqi tushmoq”, “Ishqi foniy”, “Ishqi boqiy”, “Sevgi”, “Muhabbat”, “Mehr” va hokazolar... Tabiiyki, bular orasida boshqa tillardan kirganlari ham bor. Biroq ularning barchasi- teng huquqli o’zbek so’zlari! Gap faqat bunda ham emas. Bu iboralarning hammasi umumma’noni anglatadi va ... har biri alohida ma’no tashiydi! Mumtoz adabiyotda “ishq” so’zining o’zi ikki xil ma’noni ifodalaydi. “Ishqi foniy”-mahbubaga nisbatan sevgi. “Ishqi boqiy” –Tangrining diydoriga yetish... Bugungi kunimizga kelsak... Boshqa tillarda uchrashi mushkul bo’lgan g’alati holatlarni ko’ramiz. “Vatanga moyil bo’lmoq” degan ibora kulgili tuyuladi. “Vatanni sevmoq” deyiladi. “Ota sevgisi” degani shakkoklikka o’tib ketadi. “Ona ishqi” degani gunoh hisoblanadi. Farzandning onaga “Xushtor bo’lmog’i” o’zaxiylik sanaladi. “Ota-ona mehri”, “Farzandning ota-onani yaxshi ko’rishi”, “Farzand mehri” deyiladi... Shunday qilib, “Yoqtirib qolmoq” bilan “Ko’ngil bermoq”, “Ko’ngil bermoq” bilan “Oshiq bo’lmoq”, “Oshiq bo’lmoq” bilan ”Sevmoq”, “Sevmoq” bilan “Muhabbat”, “Muhabbat” bilan “Yaxshi ko’rmoq”, “Yaxshi ko’rmoq” bilan “Mehr” orasida uzoq, juda uzoq masofa bor... Tilimiz naqadar rango-rang! Tilimiz naqadar boy!

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?