AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Barcha umumta'lim maktablariga

Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 11 sentyabrda qabul qilingan “Umumta'lim maktablarida o‘quvchilarni uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 273-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 10-bandida belgalangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida umumta'lim maktablarining 7-8-9-sinflarda o‘qiyotgan o‘quvchi qizlar uchun “Tanlagan kasbim - mening faxrim” mavzusida davra suxbatlarini tashkil etish bo‘yicha Markaz tomonidan tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu tavsiyalar asosida umumta'lim maktablarida joriy yilning 17-18-19-20 aprel kunlari “Tanlagan kasbim-mening faxrim” mavzusida 7-9 sinf o`quvchi qizlar uchun davra suhbatlarini o‘tkazish lozim. 

Amudaryo tuman XTMFMTTEB tasarrufidagi barcha ta'lim muassasalariga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida" 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmonini bajarish yuzasidan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda xalq ta'limi tizimida kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida 2013 yil mart oyidan boshlab Amudaryo tuman XTMFMTTE bo‘limining internetdagi www.amuziyo.uz  rasmiy veb sayti faoliyat yurita boshladi.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

FARZANDLARIMGA O'GITLAR>Qo’lingdan kelmaydigan ishga va’da berma. Qo’lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Qo’lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan. Qo’lingdan keladigan ishni esa, va’da bermasdan bajarsa ham bo’laveradi…

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?