AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

"Narkotik "(giyohvand modda) nima degani?

Umumjaxon sog`liqni saqlash tashkilotining ta'rifiga ko`ra tibbiyotda qo`llanilishidan qat'iy nazar, kayf hissiyotini tug`diradigan va unga ruju qo`yishga olib keladigan har qanday modda narkotik deb ataladi. 

Ehtiyot boling! Gripp!

Gripp – dunyoda eng tez tarqaladigan kasalliklardandir. Shu sababli, bugun mamlakatimizda epidemiologik vaziyat osoyishta bo‘lsa-da, respublikamiz hududiga ushbu infeksiya kirib kelishining oldini olish choralarini ko‘rish zarur. Yaqin yillarda gripp pandemiyasi kuzatilishi mumkinligi haqidagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) ma’lumotlari ham shuni taqozo etadi.

Boshlang‘ich sinf xonasidagi o‘quv jihozlariga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablar:

(TA'LIM MUASSASALARIDAGI MEBEL, O‘QUV-LABORATORIYA ASBOB-USKUNALARI, KOMPYUTER TEXNIKASI, SPORT ANJOMLARI VA BOSHQA INVENTARLARDAN SAMARALI FOYDALANISH HAMDA ULARNI SAQLASH TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMA. Toshkent 2010 yil) 

Insonning aqliy va jismoniy kamoloti kushandalari

   Insoniyat o’tkir spirtli ichimliklik ishlab chikarishni o’rganib olgandan buyon, uning o’zi bu ofat domiga tushib qolmaslik uchun kurashib keladi. Afsuski, davrlar o’tishi bilan bu "kayfi shirin zaxar"ning xilma-xil turlari yaratildi. Bular ilgaridan ma'lum bo’lgan may, sharob, boda va endilikda keng urfga kirgan spirt, aroq, konyak, vino, pivo va boshqa shunga o’xshash narsalardan iborat bo’lib, barchasi inson umrining egovi hisoblanadi. Mazkur ichimliklar tarkibida etil spirit bo’lganligidan iste'mol qilgan kishini ma'lum muddatga sarxush qiladi. Bu odatni tez-tez takrorlash esa kishining alkogol domiga tushib qolishiga sabab bo’ladi.

OIV - yuqish yo`llari va uning oldini olish.

OIV-odam immun tanqisligi virusi bo‘lib, qondagi immunitet tizimini tashkil etadigan limfotsit hujayralarini asta - sekin yemira boshlaydi. OIV organizmning mikroblardan ximoya qilish kuchi -immunitetni kuchsizlantirib, odamni turli xil kasalliklarga tez-tez chalinuvchan qilib qo‘yadi. OIV bilan zararlangan odam organizmida virus 5-10 yillar davomida yashirin yashashi mumkin. Bu davrda o‘zida kasallik belgilari sezmaydi. Yashirin davr shunisi bilan xavfliki, odam bilmagan xolda virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin.