AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Bilimlilar bellashdi

Amudaryo tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tizimidagi umumta'lim maktablarida 2015-2016 o‘quv yilida umumta'lim fanlaridan o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” tuman bosqichining yakuni bo‘yicha ma'lumotnoma

 

Amudaryo tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tizimidagi umumta'lim maktablarining           5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Umumta'lim fanlari bo‘yicha “Bilimlar bellashuvi” 2-(tuman) bosqichi QR XTV ning 2016 yil 17 mart kungi 76 -sonli buyrug‘iga asosan 2016 yil 23-24 mart kunlari Mang‘it shahridagi 40-sonli maktabda belgilangan reja asosida tashkil qilindi.

Olimpiada o`tkazildi

 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichida 21 ta fandan  qatnashishi lozim bo‘lgan 206 nafar o‘quvchidan (shundan 14 nafari 8-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabidan) 200 nafari ishtirok qilishdi. 6 nafar maktab o‘quvchilari uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok qilishmadi.

         Olimpiada natijalariga ko‘ra 21 ta fandan g‘oliblar aniqlandi. Natijalar tahliliga ko‘ra fanlar olimpiadasining III bosqichiga 18 ta fandan 33 nafar o‘quvchi ishtirok qilishi aniqlandi va bu bo‘yicha tegishli buyurtmalar shakllantirilib, QR XTV ga taqdim qilindi. 

Prezident archasi - 2015

Har yili Yangi yil arafasida “Prezident archasi” shodiyonalari saodatli, tinch-osoyishta kunlarimizga, osmonimiz musaffoligiyu, istiqlol ne'matlariga shukronalik tuyg‘ulari bilan uyg‘un bo‘ladi. Bolalar uchun beg‘ubor orzu-umidlar bayramiga aylangan ushbu tantanalar davomida Prezidentimiz sovg‘alari kichkintoylarning quvonchiga quvonch qo‘shadi.

Bir surat tarixi...

Tashvish ko`p.  Kun issiq, kun sovuq, yomg`ir, moddiy yetishmovchilik… Muammolar. .. Noliymiz, qiynalamiz, tashvishlanamiz. Lekin muammolarimiz faqat o`zimiz fikrimizcha, o`z shaxsiy hayotimizni yaxshilash uchun o`ylayatgan o`ylarimizdir. Bir zum to`xtab  biz bilan bir havodan nafas olib, biz bilan bir vaqtda yashayotgan boshqa odamlarning haqiqiy “muammo”lari borligini bilamizmi?

Salom maktab!

Mana bugun o`quvchilarimizning yozgi ta`tili tugab maktablarda “Birinchi qo`ng`iroq” chalindi. Maktabda o`qish boshlanishini ayniqsa birinchi sinfga endi qadam qo`yayotgan jajji o`g`il-qizlarimiz orziqib kutishdi.