AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Ajdodlar merosi – kelajak poydevori

«Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Amudaryo tuman bo`limi kengashi, tuman XTMFMTTE bo`limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo`limi va boshqa jamoat tashkilotlari hamkorligida 2013 yil 11-18 fevral kunlari tuman umumta`lim maktablari 5-9-sinf o`quvchilaridan tuzilgan maktab jamoalari o`rtasida “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” ko`rik tanlovi o`tkazildi.

Bilimlilar sinovi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2013 yilning                29 yanvar kungi 02-03-289-sonli xati boshchilikka olingan holda 2013 yilning                8-10 fevral kunlari Mang‘it shahridagi 1, 30 va 38-sonli umumta'lim maktablarida Bilimlar bellashuvining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Prezident qarori ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 12 dekabr kungi “ Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-1875 qarori qabul qilingan edi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim tug‘risida”gi Qonunini  hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya'ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi. 

Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha multimedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari jihozlandi.

Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor deydilar. To’g’ri gap! Ammo bu dunyoda javob qilinmaydigan narsalar ham bo’ladi. Sen birovga yaxshilik qilsang, javobini kutma. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi. Birov senga yomonlik qilsa javob berma. Sendan qaytmasa, boshqadan qaytadi!

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?