AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Olimpiada o`tkazildi

 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichida 21 ta fandan  qatnashishi lozim bo‘lgan 206 nafar o‘quvchidan (shundan 14 nafari 8-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabidan) 200 nafari ishtirok qilishdi. 6 nafar maktab o‘quvchilari uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok qilishmadi.

         Olimpiada natijalariga ko‘ra 21 ta fandan g‘oliblar aniqlandi. Natijalar tahliliga ko‘ra fanlar olimpiadasining III bosqichiga 18 ta fandan 33 nafar o‘quvchi ishtirok qilishi aniqlandi va bu bo‘yicha tegishli buyurtmalar shakllantirilib, QR XTV ga taqdim qilindi. 

Prezident archasi - 2015

Har yili Yangi yil arafasida “Prezident archasi” shodiyonalari saodatli, tinch-osoyishta kunlarimizga, osmonimiz musaffoligiyu, istiqlol ne'matlariga shukronalik tuyg‘ulari bilan uyg‘un bo‘ladi. Bolalar uchun beg‘ubor orzu-umidlar bayramiga aylangan ushbu tantanalar davomida Prezidentimiz sovg‘alari kichkintoylarning quvonchiga quvonch qo‘shadi.

Bir surat tarixi...

Tashvish ko`p.  Kun issiq, kun sovuq, yomg`ir, moddiy yetishmovchilik… Muammolar. .. Noliymiz, qiynalamiz, tashvishlanamiz. Lekin muammolarimiz faqat o`zimiz fikrimizcha, o`z shaxsiy hayotimizni yaxshilash uchun o`ylayatgan o`ylarimizdir. Bir zum to`xtab  biz bilan bir havodan nafas olib, biz bilan bir vaqtda yashayotgan boshqa odamlarning haqiqiy “muammo”lari borligini bilamizmi?

Salom maktab!

Mana bugun o`quvchilarimizning yozgi ta`tili tugab maktablarda “Birinchi qo`ng`iroq” chalindi. Maktabda o`qish boshlanishini ayniqsa birinchi sinfga endi qadam qo`yayotgan jajji o`g`il-qizlarimiz orziqib kutishdi.

Mustaqillik darslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini  ta'minlash maqsadida barcha umumta'lim maktablarida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim” shiori ostida mustaqillik darslari tashkil qilinadi.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Oshkoralik > Oshkoralik shunday daraxtki, uning mevasini eng avval chinqiroq maymunlar yeydi..

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?