AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

O‘TGANLARNI XOTIRLASH, KEKSALARNI E’ZOZLASH – BIZNING FARZANDLIK BURCHIMIZDIR

Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam.

 

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag‘rikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg‘ulari odamlar qalbi va shuuridan chuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

 

Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, ko‘nglini ko‘tarish yo‘lida amalga oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Ta'lim sohasidagi yangiliklar bo‘yicha seminar

2015 yil 28 aprel kuni Amudaryo tumani Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining yillik rejasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda 76-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar kompetensiyalarini shakllantirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar kengash tashkil qilindi. Seminar kengashga umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan so‘nggi 3 yil davomida malaka oshirish kursidan o‘tgan va so‘nggi 3 yil davomida yangi ishga qabul qilingan tabiiy va aniq fanlar o‘qituvchilari taklif qilindi.

«Zulfiya qizi” Shahzada bilan uchrashuv

               Ma'lumki har yili O‘zbekiston Respublikasidagi qobiliyatli yosh qizlarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladigan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti beriladi.

              Bu yili Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti qoshidagi 1-sonli Akademik litsey o‘quvchisi Bazarbayeva Shahzada adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha sazovor bo‘ldi. 

Yangi innovatsiya

“Innovatsiya” so‘zi lotin tilidagi “inovatis” (in - ichiga, novus - yangi, yangilik) so‘zidan olingan bo‘lib, tarjima qilganda “yangilik kiritish, ijobiy o‘zgarish, yangilanish” degan ma'nolarni anglatadi. Innovatsiyalar ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan, biron-bir sohada aniq maqsadga qaratilgan hamda amaliy tatbiq etishga yo‘naltirilgan yuqori samaradorlikka ega yangilik hisoblanadi. Pedagogik innovatsiya deyilganda samarali natijaga erishish maqsadida ta'lim-tarbiya jarayoniga yangiliklar, ijobiy o‘zgarishlar kiritish tushuniladi. 

Metodist maktabi o`quvlari

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2015 yil 24 fevraldagi 47-sonli buyrug`I asosida joriy yilning 10-19 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi hududidagi Xalq ta`limi tizimidagi barcha metodistlar uchun “metodist maktabi” o`quvlai tashkil qilindi.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki og’iz shirin so’zni tekinga aytmaydi-da, ular o’lganidan keyin ming-ming pul sarflab, o’sha so’zlarni qabrtoshga yozdirib qo’yadi...

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?