AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

O`smirlar psixologiyasini o`rganish bo`yicha seminar

Tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limida “O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishni va psixologik-pedagogik diagnostikasini ta’minlash” kichik guruhi rahbarligida 2015 yilning 20-24 yanvar kunlari oralig’ida tumandagi barcha umumta’lim maktablarining amaliyotchi psixologlar  va maktab direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitalari raislari, 5-9-sinflar rahbarlari ishtirokida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Bilimdon bolajon

Uy sharoitida ota-onalar farzandlari bilan ingliz tilidan mashg‘ulotlarni takrorlashi, shuningdek televideniyeda bolalar uchun ingliz tiliga oid ko‘rsatuvlar ko‘payishi maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida ingliz tiliga qiziqish uyg‘otmoqda. Butunjahon tajribadan aniqlanishicha, bolalar uchun 3-7 yoshgacha bo‘lgan davrda chet tilini o‘zlashtirish yaxshi natija berarkan. 

G‘alaba muhim emas, ishtirok qilish muhim

Turli manbalar ma'lumotlariga ko‘ra fanlar bo‘yicha o‘quvchilar olimpiadasi o‘tkazish fikri 1934 yilda 20 asr mashhur rus matematigi Boris Nikolayevich Delone dan chiqqan. U buyuk matematik bo‘la turib alpinizmga ham qiziqqan. Baland tog‘larning yuksak cho‘qqilarini zabt etish ishtiyoqi uni bilimlarning ham yuksak cho‘qqisini zabt etish borasida musobaqa tashkillashtirish kerak degan g‘oya tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Maktab o‘quvilari o‘rtasida fizika - matematika sohasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish, eng kuchlilarini aniqlash borasida musobaqa tashkillashtirilgan. 

Qonunchilikdagi yangiliklar

O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma`lumotlari miliy bazasi (LexUZ) bepul huquqiy axborot tizimi bo`lib,  normativ-huquqiy va qonunchilikning boshqa hujjatlaridan elektron ko`rinishda foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va jamiyatni huquqiy axborotlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Mazkur tizim faoliyati O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ta’minlanadi.

2014 yil dekabr oyi davomida ushbu milliy bazada bir qator yangi Qonun hujjatlari joylashtirildi. Shulardan yosh avlod ta’lim tarbiyasiga ma’sul muassasa rahbarlari uchun tegishli bo`lganlarini keltirib o`tamiz.

Prezident archasi 2014

Barcha mo`tabar manbalarda yetimlarga g`amxo`rlik qilish, ularga muruvvat ko`rsatish, yetimning haqqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu ishlarga insoniyat chaqirilgan. Xalqimiz orasida ham buning tasdig`ini bir necha maqol-u naqllarda ko`rishimiz mumkin. Qolaversa, bolajon xalqimiz “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” deya bejiz ta’kidlamagan.

            Bayram kunlarida ushbu bolalar ham kimlardir ularni qayg`uishi, ular ham kimlargadir kerak ekanliklarini anglashlari, bizning mamlakatimizda hech bir bola e`tibordan chetda qolmasligini his qilishlari uchun yangi yil bayrami arafasida ularga Prezident sovg`alari topshiriladi.