AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Qo‘llanmalarni joylarga yetkazish tartibi tasdiqlandi

Besh nomdagi kitoblar faqat maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olinmagan 5-6 yoshli farzandlari bor oilalarga taqdim etiladi. Ota-onalar kitobni olgach, haqiqatan ham, kitob berilgani, farzandlari 1-sinfga borganda kitobni maktab kutubxonasiga qaytarishi to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekadi. Har bir ota-ona farzandi bilan bir yil davomida qo‘llanmalar asosida shug‘ullanadi. Yuqorida qayd etilganidek, farzandi 1-sinfga qabul qilingach, kitoblarni maktab kutubxonasiga qaytaradi. Ayni paytda mazkur risolalar 5-6 yoshli farzandlari maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olinmagan 436130 xonadonga yetkazilmoqda.

Jahon chempionlari – shaxmatchi Sindorovlar

Braziliyada maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik aka-uka Sindorovlar tajriba va mahorat bobida hech kimdan kam emasligini yana bir karra isbotladi.

Mazkur musobaqaning to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Javohir Sindorov braziliyalik Davi Silva Ferreyra, Pedro Karvalio, angliyalik Druva Bxagvat, Aditiya Paleri, Robert Akeya Prays, turkiyalik Ishik Jan, kolumbiyalik Daniel Fernando Vargas, perulik Diyego Floresni mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Nogironlar davlat himoyasida

3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni . Bu kunni nishonlashdan maqsad - nogironlar muammosiga jamoatchilikni jalb qilish, ularning haq - huquqlarini himoya qilish va boshqada tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Bu maqsadlar Bosh Assambleyaning 1982 yili qabul qilgan nogironlarga oid butun dunyo dasturida aks etilgan.

Farzand- inson zotining davomchisi, ko‘zining oqu-qarosi, bor ishonchu-umidi hisoblanadi. Har bir ota-ona o‘z farzandiga mehr beradi, asrab-avaylaydi,ularni bekamu-kust va sog‘-salomot o‘sishiga, kerakli bilimlarni berishga harakat qiladi, kelajakda komil inson bo‘lib yetishi uchun bor bilim va salohiyatini, moddiy va ma'naviy bilimlarini ishga soladi. Farzandlar bilan hayot go‘zal, umr shirin, lahzalar mazmunlidir.

Qo`shaloq bayram

Mana bir necha kundirki yurtimiz uzra bayram nafasi kezib yuribdi. Mustaqilligimizning 23 yillik bayrami bugun barcha ta`lim muassasalarida “Birinchi qo`ng`iroq” ba Bilimlar kuni bayramiga ulanib ketdi. Umumta`lim maktablarining birinchi sinflariga qabul qilinayotgan jajji o`g`il qizlarimizga “Prezident sovg`alari” tantanali ruhda topshirildi.

Amudaryo tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining 2014 yil an'anaviy Avgust kengashlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha olib borgan ishlari to‘g‘risida ma'lumot

Amudaryo tuman XTMFMTTEB tizimidagi o‘quv-tarbiya muassasalarpi xodimlarining navbatdagi an'anaviy avgust kengashi “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!”  shiori asosida tashkil etildi. Bunda soha xodimlarining asosiy diqqat e'tibori Davlat dasturlari ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, o‘tgan o‘quv yili yakunlarini tahlil etish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlash, yangi o‘quv yilida ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. 

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Biz hammamiz-yolg’onchilarmiz. Ayting, qaysi biringiz aqalli biron marta go’dakka yolg’on gapirmaganman, deya olasiz? Go’dakni aldash eng katta yolg’ondir!

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?