AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

AMUDARYO TUMANI: INTERNET JURNALISTIKA RIVOJI

Inson umri davomida axborot oqimida yashaydi, shuningdek kun davomida ham axborot olami bilan yonma-yon hayot kechiradi. Ertalabki nonushta paytida televizor ko‘ramiz yoki radio tinglaymiz, dam olish vaqtida gazeta yoki jurnal o‘qiymiz. Xizmat xonamizdagi kompyuterni yoqishimiz bilan uni Internetga ulaymiz va yangiliklar oqimiga shung‘iymiz. 

Ruhiy narkomaniya yoxud “muzey”da qolgan hayo

Bolalar xuddi o‘g‘irlik qilayotgandek har zamonda atrofga olazarak qarab qo‘yishar, so‘ng yana telefonga mahliyo bo‘lishardi. Nihoyat, o‘sha “matoh”dan chiqqan g‘alati ovoz ularni fosh etdi. Bir zumda transportdagi barcha ayollar nigohlari yerga qadaldi. Erkaklar mulzam tortishdi. Voqyea “qahramonlari” esa biroz sarosimalanib, telefonni yig‘ishtirib qo‘yishdi.

-Uyalmaysizmi, hayo bormi o‘zi senlarda,-tanbeh bera ketdi yoshi katta hamrohlarimizdan biri.-Ota-onang, o‘qituvchilaring shu odatlaringni biladimi?!

Porloq yulduz

Adabiyotimiz cho’qqisidagi ijodkorlarni osmondagi yulduzlarga qiyos qilsak , ular ichidagi porloq yulduzlardan biri mavlono G’afur G’ulom desak adashmaymiz. G’afur G’ulom xalqimizning dilidagi gapini ayta olgan , o’z asarlarida milliy urf odatlarni ko’rsata bilgan adibdir.

Halol...

Barcha ezguliklarning, xayrli ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik… Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar… Ibrat ko‘zi bilan boqsangiz, halol insonning dili, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘. «Halol bo‘lsang, yashay olmaysan» esa og‘ziga kuchi yetmagan, bo‘yni mehnatga yor bermaydigan mahmadonalarning chala xulosasi ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Halol luqma tomog‘ingizga tiqilmaydi, jig‘ildonni qaynatmaydi, uyqungizni qochirmaydi. Har narsaning haloli bo‘lsin, deb bejizga aytishmaydi-da.«Turishingni qara, cho‘pga o‘xshab qolibsan-ku. Katta-katta yesang-chi. Og‘zingga kelganini qaytarma. Davringni surib qolmaysanmi?»
Tanishimga shunday deb maslahat berayotgan bu «akaxon» haqida yon-atrofdagilardan eshitdim-u negadir uning bolalariga achindim. Qing‘ir ishi ko‘p ekan. Farzandlariga ham shunday «nasihat» qilsa kerak. Uning oldida mung‘ayib¬gina turgan boyagi «cho‘pday» tanishim o‘sha paytda ko‘zimga juda chiroyli ko‘rinib ketdi…
Tan olish kerak, ko‘pchilikda halol bo‘lish juda qiyin, degan tushuncha bor. Shuning uchunmi, yashashning oson yo‘llarini qidiramiz. Yayrab qolgimiz keladi.   «Boshqalar ham shunday yashayapti-ku» deya o‘zimizni ovutganday bo‘lamiz. Nega halollikdan bu qadar qo‘rqamiz? Nahotki, halol yashash shuncha qiyin bo‘lsa?

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Nar lochin yemish topib kelarkan. Moda lochin o’ljani polaponlariga bo’lashib berarkan. Biron falokat bo’lib, moda lochin o’lib qolsa, nar lochin har qancha yemish topib keltirmasin, baribir, polaponlar ochidan nobud bo’lar ekan. Negaki, nar lochin o’ljani bolalariga burdalab berishni eplolmas ekan…Tabiat naqadar beshafqat, tabiat naqadar dono!

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?