AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Mur shaharchasini tornado yer yuzasidan “supurib” tashladi

2013 yil 20 may Oklaxoma shtatidagi Mur shaharchasini tornado yer yuzasidan “supurib” tashladi. Mutaxassislar dovulga Fudjita 5 ballik shakalasi bo`yicha eng yuqori 5 ball darajadagi o`lchov qo`yishdi. Dovul oqibatida shtat  2 millard dollardan ortiq zarar ko`rgan.

Uchar sichqoncha

Mazkur qurilma kompyuterdan foydalanishni osonlashtirish, ayniqsa, kompyuterda uzoq vaqt ishlash natijasida bilakda paydo bo‘ladigan charchoqdan xalos etishga yordam beradi. «Bat»ning to‘plamida ohanraboli xalqasimon gilamcha bo‘lib, u sichqonchaning 40 milimetr balandlikda yoki qo‘ldan 10 milimetr pastda harakatlanishiga imkon beradi.

Samsung 5G standartini yaratmoqchi

Samsung Electronics kompaniyasi beshinchi avlod aloqa texnologiyasining ilk sinovini omadli o‘tkazdi. Unga ko‘ra, 2020 yilga borib foydalanuvchilar 5G texnologiyasiga ulanishlari mumkin bo‘ladi.

uMail.uz elektron manzili ishga tushdi

UZINFOCOM markazi 2013 yil 15 may kuni uMail.uz elektron manzili ishga tushganligini e'lon qildi. Mazkur elektron manzildan ro‘yxatdan o‘tish uchun ID.uzda uchyot yozuviga ega bo‘lish kerak.

Google Orolning qanday quriganini ko‘rsatdi

Google kompaniyasi so‘nggi 28 yil mobaynida yer shari mintaqalari qiyofasi qay tarzda o‘zgarganini ko‘rsatuvchi, xususan, Orol dengizining qurib borishi va saxroga aylanishini aks ettirgan Timelapse loyihasini taqdim etdi. Mazkur loyiha haqida kompaniyaning rasmiy blogida hikoya qilingan.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Maktab davrimizda ingliz tilidan Rizo aka degan ustozim bo’lardi. Juda ajoyib inson, ajoyib pedagog! Menimcha xozir nafaqaga chiqqan bo’lsalar kerak. Rizo akani bir odatlari bor edi: dars vaqtida xato gapirsak, bilagimizni chimchilardilar. Bilagimiz shunaqa achishib ketardi-ki, boshqa xato qilmaslikka harakat qilardik. Aniq eslayman-ki, bir marta chimchilash bilan “siylangan” xatoyimizni deyarli boshqa takrorlamasdik. Vaqt o’tdi. Ulg’aydik… Qiziq, nega xozir Hayotning o’zi muallimlik qilayotgan hayot darsida yo’l qo’ygan xatolarimiz uchun har safar oddiy chimchilashdan ko’ra qattiqroq jazolansak-da, baribir o’sha xatoni yana qaytaraveramiz?! Bolalikni sog’indim…

Xushnudbek Xudayberdiyev

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?