AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Bosuvlik ustozlar

Amudaryo tumani "Bosuv" mahalla fuqarolar yig`ini hududida bitta umumta'lim maktabi faoliyat yuritadi. Hozir 26-sonli umumta'lim maktabi (oldingi nomi I.D.Papanin nomida bo`lgan). Ushbu mahalla ko`pgina ziyoli insonlari bilan tumanda o`z o`rniga ega. Bu maqolada ushbu maktabda ko`p yillar davomida ta'lim sohasida ishlagan fidoiy insonlar haqida so`z boradi.

MEVALI DARAXTGA MEHR BERGAN BOG‘BON

Qarindoshimnikida to‘yda edim. Davrada o‘tirgan bir ayol: «Siz Hayitgul opamisiz?» - deb so‘radi.

- Ha, siz o‘qituvchimisiz? - deya so‘radim.

- Men iqtisodchiman. Hoji otaning kitobi chiqibdi. Unda mening qaynotamning ham, sizning ham rasmlaringiz bor ekan, - dedi.

Bu ayol O‘rozboy Husainovning kelini ekan…

Tarixiy biografik asar

Ta'limda erishilayotgan mislsiz yutuqlarimiz zamirida ushbu sohaga tamal toshini qo‘ygan, xalqimiz orasida ma'naviyat va ma'rifat urug‘larini sochgan ota-bobolarimizning ham xizmatlari katta. Amudaryo tumanining eng obro‘li ustozlaridan biri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq o‘qituvchisi Qodirbergan hoji Jumamurod o‘g‘lining ko‘p yillik mehnatlari asosida tumanimizda faoliyat yuritgan ta'lim fidoyilari haqida “Amudaryolik ziyokorlar” nomli tarixiy-biografik kitobi yaratildi. Kitobda tumanimizda uzoq yillar davomida ta'lim sohasida fidoiy mehnat qilgan 250 dan ortiq ustozlar haqida ma'lumot berilgan. 

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Bu rivoyatni ko’pchilik o’qigan, eshitgani aniq. Lekin menga juda ham yoqqanligi uchun yana bir bor eslatishni joiz deb topdim. Vafotidan so’ng bir insonga narigi dunyoda o’z hayot yo’lini ko’rsatishibdi. Haligi inson qarasa, uning hayot yo’li davomida ikki juft qadam izlari turgan emish. Hayron bo’lib so’rabdi: - Nega izlar ikki juft? Unga farishtalar javob berishibdi: - Izlarning biri seniki, ikkinchisi Allohniki. U hayoting davomida doim senga hamroh bo’ldi. - Tushunarli, - debdi haligi inson. Yana sinchiklab qarasa, ba’zi joylarda izlar bir juft emish. - Nega ba’zi joylarda izlar bir juft, - deya so’rabdi hayron bo’lib. - Bu hayotingning eng qiyin, mashaqqatli joylari, - deb javob berishibdi farishtalar. - Demak, eng qiyin vaziyatlarda Alloh meni yolg’iz tashlab qo’ygan ekanda? - Yo’q, bunday joylardan U seni qo’llarida ko’tarib o’tgan, shu sababli izlar bir juft! Xudoga shukur!

Xushnudbek Xudayberdiyev

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?