AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

64-maktab

64-sonli maktab haqida malumot

 

Amudaryo tumani XTMFMTTEB ga karashli № 64-sonli umumta'lim maktabi O‘rta qal'a OFY Vahum aholi punktida joylashgan. Maktab 1951-yilda  4-yillik maktab  sifatida tashkil topgan.. Maktab 2007-yili maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy  dasturiga asosan kapital rekonstruksiya qilinib, 100 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurib berildi. Maktabimiz bir qavatli 260 o‘rinli, 2 ta alohida binodan iborat bo‘lib hozirgi kunda 15 ta sinfda 402 nafar o‘quvchi 2-smenada ta'lim olmoqda. Ularga 37 nafar o‘qituvchi ta'lim tarbiya bermoqda. Ulardan 7 nafari 1-toifali, 7 nafari 2-toifali, 23 nafari mutahassis o‘qituvchilardir. 37 nafar o‘qituvchining 27 nafari oliy ma'lumotli o‘qituvchilar bo‘lib, bu jami o‘qituvchilar sonining 72%ni tashkil etadi.. Maktabimizda o‘quvchilarning sifatli talim olishi uchun barcha shart sharoitlar mavjud.  Zamonaviy     Kimyo , Biologiya, Fizika o‘quv loborotriya  xonalari , Kompyuter sinf xonasi, Geografiya va Tarix o‘quv xonasi , Chet tili , Ona -tili va Adabiyot  Chizmachilik maxsus o‘quv xonalari mavjud. Bundan tashkari gaz, elektr-energiyasi bilan uzluksiz ta'minlangan. Maktabimizda o‘z kasbining ustasi fidoiy o‘qituvchilar yoshlarga talim bermoqda. Ulardan Ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi  Xolimbetova Olmagul 2009- yilda “Yilning yeng yaxshi fan o‘qituvchisi ” ko‘rik tanlovining tuman bosqichida I, va  Qoraqolpog‘iston Respublikasi  bosqichida faxrli III- o‘rinni yegalladi. Maktab Maxsus Komissiyasi tomonidan 2012-2013 o‘quv yili 1-yarmida 24 nafar o‘qituvchining ish faoliyati  o‘rganilib, ulardan 12 nafariga ustama haq tayinlandi. Maktab Direktor  jamg‘armasi tomonidan 2-chorak davomida maktab Kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda 3 nafar xodimga moddiy yordam berildi. 13 nafar xodimga esa mukofot pullari to‘landi.  Maktab direktori Shuxrat Kurbanov O‘zbekiston Respublikasi  XTV ning “Talim sektorini rivojlantirish dasturi”  loyixasi doirasida ,“Umumiy o‘rta talim fanlarini  o‘qitishda zamonaviy talim  metodlarini qo‘llashni o‘rganish” yo‘nalishi bo‘yicha 2009-yil  18- aprel, 2- may kunlari I-guruh  O‘zbekistonlik o‘qituvchilar bilan birga  Yevropaning yeng rivojlangan   davlatlaridan biri -Germaniya Federatif Respublikasi  poytaxti “Berlin” shaxrida Myugelzi  talim markazida malaka oshirib Xorijiy o‘quv  safarida bo‘lib qaytdim.

O‘quv ishlari jarayoni:

2012-yil avgust oyida 1-sonli maktab pedagogika kengashida 1-chorakda bajariladigan ishlar bo‘yicha tushuncha berildi. Jumladan, boshlang‘ich sinf va fan o‘qituvchilarining yangi o‘quv yili ish rejasidagi o‘zgarishlar , yo‘l harakati qoidalari, konstitutsiyani o‘rganamiz , sog‘lom avlod asoslari fanlari mavzulari boshqa fanlarga biriktirilgani, sinf jurnaliga mavzular qisqartirilmasdan to‘liq yozilishi zarurligi haqida tushunchalar berildi. 2012-2013 o‘quv yili 2-sentyabr kuni maktab dars jadvali maktab direktori tomonidan tasdiqlandi. Dars jadvali talab darajasida tuzildi.

Sentyabr oyida  geografiya fani oyligi bo‘lib o‘tdi. Geografiya fani o‘qituvchisi Abdullayeva Maqsuda geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan  ko‘rgazmali qurollardan foydalanib , interfaol usullar bilan 3-ta namunaviy dars o‘tdi.  O‘quvchilar uchun qiziqarli rebuslar ,krasvordlar tuzdi. Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslik fanidan namunaviy darslar o‘tkazildi.

Sentyabr oyida musiqa fani o‘qituvchisi Adilbayev O‘ktam  Nukus shahrida musiqa fanidan malakasini oshirdi.

Oktyabr oyida ona tili va adabiyoti fani oyligida  Xolimbetova Olmagul, Yusupova Shaxnoza hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 3 tadan namunaviy dars ko‘rgazmalilik asosida ,interfaol usullar yordamida namunaviy dars o‘tdilar.Maktab o‘quvchilari uchun krasvordlar tuzdi.

1-chorak yakuni bo‘yicha maktabda ichki monitoring o‘tkazildi va ichki monitoring natijalari tahlil qilindi.

Noyabr oyida o‘tkazilgan № 2 pedagogika kengashida fan o‘qituvchilariga 2-chorakda o‘tkaziladigan “fanlar olimpiadasi” hamda “bilimlar bellashuvi”ga o‘quvchilarni tayyorlashni kuchaytirish ,o‘quvchilar orasida terma jamoa shakllantirish haqida keng malumot berildi

Noyabr oyida “dars muqaddas”tadbiri doirasida yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda maktab direktori Sh.Qurbonov “dars muqaddas”tadbiri bo‘yicha nutq so‘zladi .Noyabr oyi uchun “dars muqaddas”tadbirining namunaviy darslar jadvali ishlab chiqildi,maktab direktori tomonidan tasdiqlandi. Noyabr oyida “dars muqaddas”tadiri bo‘yicha namunaviy darslar o‘tkazildi.

Noyabr oyida rus tili fani oyligi bo‘lib o‘tdi.Rus tili fani o‘qituvchisi Atabayeva Zulfiya rus tili fanidan ko‘rgazmalilik asosida,interfaol usullardan foydalanib,3 ta namunaviy dars o‘tdi. O‘rindosh o‘qituvchilardan  Saparboyeva Zulfiya va Choriyeva Nodiralar ko‘rgazmalilik asosida ,interfaol usullardan foydalanib 1 tadan namunaviy dars o‘tdilar.

19-noyabr kuni “bilimlar bellashuvi”o‘tkazilish tartibi bo‘yicha majlis o‘tkazildi. Majlisda “bilimlar bellashuvi”slaydlari fan o‘qituvchilariga tanishtirildi,”bilimlar bellashuvi”bo‘yicha tushunchalar berildi hamda fan o‘qituvchilariga o‘z fanidan baholash mezonlarini topshirdim.”Bilimlar bellashuvi”buyrug‘i maktab direktori tomonidan tasdiqlangan, “bilimlar bellashuvi”chora-tadbirlari ishlab chiqildi.O‘quvchilar o‘rtasida fanlardan terma jamoa shakllantirildi.

Dekabr oyida mehnat fani o‘qituvchisi Ishanova Zuhra mehnat fani bo‘yicha , boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Qorjavova Fotima boshlang‘ich sinf  bo‘yicha , manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nurullayev Mansur manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha Nukus shahrida malakasini oshirdilar.2012-yil

Uchun tuzilgan maktab malaka oshirish rejasi o‘z vaqtida  to‘liq bajarildi.

 

 

 

Dekabr oyi uchun  “dars muqaddas” tadbiri jadvali ishlab chiqildi va maktab direktori tomonidan tasdiqlandi.”Dars muqaddas”tadbiri namunaviy darslari o‘z vaqtida o‘tkazilib borildi.

 

“O‘rgan-o‘rgat”tadbiri bo‘yicha maktablar ish rejasi ishlab chiqildi va reja asosida dekabr oyida bir qator ishlar bajarildi. Jumladan, 27-son maktab rahbarlari va o‘qituvchilari  kelib ,maktab obodonlashtirish ishlari bilan,dars jadval tuzilishi bilan, maktab psixologi ish xujjatlari bilan ,uslub birlashma raxbarlardan so‘rovnomalar olib uslub birlashma ishlari bilan,maktab direktori ish hujjatlari bilan yaqindan tanishdilar.”O‘rgan-o‘rgat”tadbiri bo‘yicha namunaviy darslarni kuzatdilar .

64-son maktabi rahbarlari va o‘qituvchilari “o‘rgan-o‘rgat ” tadbiri bo‘yicha 27-son umumtalim maktabiga  borib, maktab direktori ish hujjatlari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ish hujjatlari bilan,maktab psixologi ish hujjatlari bilan, dars jadvali tuzilishi,maktab obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar va namunaviy dars kuzatdilar .“O‘rgan -o‘rgat”tadbiri bo‘yicha stend tayyorlandi va unga  “o‘rgan-o‘rgat”tadbiri maqsad va vazifalari yozildi. Dekabr oyida M.I.G‘ turkumiga kiruvchi fanlar fan oyligi bo‘lib o‘tdi. M.I.G‘ va  vatan tuyg‘usi fani o‘qituvchisi Yuldasheva Surayyo ko‘rgazmalilik asosida , interfaol usullardan foydalanib, 3 ta namunaviy dars o‘tdi. O‘quvchilar uchun qiziqarli rebuslar, krasvordlar ishlab ,o‘quvchilar etiboriga havola qildi. Barcha fan oylik ish hujjatlari o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga topshirilgan.2-chorak yakunida maktabda ichki monitoring o‘tkazildi.Ichki monitoring natijalari  maktab pedagogika kengashida  tahlil qilindi.  Yanvar oyi tarix va huquq fan oyligi bo‘lib o‘tdi. Tarix fan o‘qituvchisi Nurullayev Mansur va huquq fan o‘qituvchisi Qurbonov Shuxrat  ko‘rgazmali qurollardan foydalanib, interfaol usullar bilan 3-ta namunaviy dars o‘tdi.  O‘quvchilar uchun qiziqarli rebuslar,krasvordlar va rasimlar tanlovini o‘tkazib faol o‘quvchilarni rag‘batlantirdilar. Fevrol oyi matematika-infarmotikafan oyligi bo‘lib o‘tdi. Matematikafan o‘qituvchisi Yerdasheva O‘tabika va infarmatika fani o‘qituvchisi Xudaybergenova Manzuralar  ko‘rgazmali qurollardan foydalanib , interfaol usullar bilan 4-ta namunaviy dars o‘tdi.  O‘quvchilar uchun qiziqarli rebuslar ,krasvordlar tuzdi. Mart oyi ximya-biologiya, fizika, jismoniy -tarbiya fan oyligi bo‘ldi. Ximya fan o‘qituvchisi Mavlanov Anvar 3 ta namunaviy ochiq daris o‘tib 13-mart kuni 8-A va 8-V sinflar o‘rtasida “qiziqarli zakovat” o‘yinlarini tashkilqildi. Biologiya fan o‘qituvchisi Saparboyeva Maxfuza, fizika fani o‘qituvchisi Yuldasheva Darmon, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Saparboyev Akram va Qodirov Sherzod ko‘rgazmali qurollardan foydalanib , interfaol usullar bilan 3-ta namunaviy dars o‘tdi.  O‘quvchilar uchun qiziqarli rebuslar ,krasvordlar tuzdi. Barcha fan oylik ish hujjatlari o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga topshirilgan.3-chorak yakunida maktabda ichki monitoring o‘tkazildi.Ichki monitoring natijalari  maktab pedagogika kengashida  tahlil qilindi. Aprel oyi ta'sviriy-san'at, mayexnat va musiqa fan oyligi bo‘lib o‘tdi. Bunda “daris muqadas” tadbiri doirasida xarbir fan o‘qituvchi 3 tadan, fan oyligi bo‘layotgan o‘qtiuvchilar 4 tadan namunaviy ochiq darislar o‘tdi.May oyi chet-tili fan oyligi bo‘lib o‘tdi. Chet -tili fan o‘qituvchisi Jumaniyozova Muyassar 4 ta namunaviy daris o‘tdi. Maktabimiz o‘quvchilarining fanlar olimpiadasidagi yutuqlarini ham atab o‘tsak arziydi. Jumladan 2008-2009- o‘qish yilida 9-sinf o‘quvchisi Tajimuratova Nargiza Tarix fanidan  Qorakolpog‘iston Respublikasi  bosqichida faxrli III-o‘rinni egalladi. 2009-2010-o‘qish yilida maktabning 4 nafar o‘quvchisi Tarix, Biologiya, Geografiya, Rus tili  fanlaridan Fanlar olimpiodasi  tuman bosqichida g‘olib bo‘ldi. Ulardan 9-sinf o‘quvchisi Xallillayev Faxriddin Respublika bosqichida Tarix fanidan faxrli III-o‘rinni yegalladi. 2010-2011 o‘qish yili fanlar olimpiolasida maktabning 3 nafar o‘quvchisi tarix, Iqtisod va Huquq fanlaridan tuman bosqichida  g‘oliblikni qo‘lga kiritib Respubika bosqichiga chiqdi. 2011-yilda o‘tkazilgan “Bilimlar sinovi ”ning tuman bosqichida 11 ta o‘quvchi  sovrinli o‘rinni yegalladi. Ulardan 3 nafari  Fizika, Tarix, Geografiya fanlaridan I-o‘rinni yegallab Respublika bosqichida muvofaqiyatli qatnashdi. 2011 yilda  o‘tgazilgan “Bilimlar sinovi” ning 1A- tuman  bosqichida   4-nafar o‘quvchimiz fizika, tarix, geografiya, ona-tili va  adabiyot fanlaridan 1chi- o‘rinni, 4-nafar o‘quvchimiz  biologiya, matematika, tarix fanlaridan  faxrli 2-o‘rinni, 3-nafar  o‘quvchimiz  matematika, ona-tili, biologiya fanlaridan  faxrli 3-o‘rinni,  jami maktab komandasi 11 ta sovrinli o‘rinni egallab  maktabimiz o‘quvchilarining o‘rtacha samaradorligi 66%ni  tashkil qilib, maktab  jamoasi umumkamonda hisobida  tumanda  faxrli 2 chi-o‘rinni  egalladi. 2011-2012-o‘qish yili fanlar olimpiadasida  maktabimizning 8 nafar o‘quvchisi  zona bosqichidan chiqib , ulardan 2 nafari  Rus-tili va Biologiya fanlaridan tumanda faxrli III-o‘rinni egalladi.  2012-2013 ukuv yillarida xam maktabda 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fanlar olimpiadasi  o‘tkazildi. Maktabda o‘tkazilgan “fanlar olimpiadasi”da  76 va undan yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar bo‘yicha tuman XTMFMTTEBo‘limiga buyurtma berildi. Fan olimpiada zona bosqichida 11 nafar o‘quvchi qatnashib, shundan 3-nafari, ona tili, tarix, huquq fanlaridan tuman bosqichiga chiqdi. Fanlar olimpiadasining tuman bosqichida  tarix fanidan  Saparboyeva Sevara 1-chi o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga chiqish huquqini oldi.

Huquq fanidan Saidabdullayeva Muqaddas 3-o‘rinni, ona tili fanidan Sultanmuratova Mahliyo 5-o‘rinni egalladi. Samaradorlik tumanda 5-o‘rinda. Maktabda reja asoaida belgilangshan tarizda “Bilimlar bellashuvi” o‘z vaqtida o‘tkazilib, bilimdon o‘quvchilar saralanib tuman XTMFMTTEBo‘limiga buyurtma berildi. 2013-yil 8-10 fevrol kunlari tumanda o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi”da jami 25 o‘quvchi qatnashdi. Shulardan 5 nafari sovrinli,  6Vsinf o‘quvchisi Bayjanova Nasiba  tarix fanidan 84 boll bilan 1-chi o‘rinni, 8-Vsinf o‘quvchisi O‘razimbetov Hamdam iqtisod fanidan 2-o‘rinni, 6-Vsinf o‘quvchisi Yo‘ldasheva Laylo ona-tili fanidan 75 boll bilan 3-o‘rinni, 7-sinf o‘quvchisi Shuxratov Shaxrux matematika fanidan 79 boll bilan 3-o‘rinni,8-Asinf o‘quvchisi Rajapova sabaxat huquq fanidan 92 boll bilan 2-o‘rinni egallab tumanda samaradorlik bo‘yicha  11-o‘rinda. Ushbu o‘quvchilarni o‘qitgan fann o‘qituvchilari direktor jamg‘armasi tamonidan mukofotlandi.

Bundan tashqari “Tengdoshlar tizimi” joriy etilib  o‘qishda  birmuncha orqada qolayotgan o‘quvchilarga alochi o‘quvchilar biriktirildi. “Dars muqaddas” tadbiri  doirasida samarali  natijalarga erishayotgan o‘quvchilarni aniqlash maqsadida “Oyning yeng yaxshi ochiq darsi” tanlovi o‘tkazib borilmoqda. Ushbu tanlovda g‘olib deb topilgan o‘qituvchilar maktab direktor jamg‘arnmasi tamonidan rag‘batlantirilmoqda va kasb mahorat uchun ustama haq tayinlanishga  tavsiya qilinmoqda. Butun oy davomida olib borilgan ishlar  umumlashtirilib maktab metodika kengashida muxokama qilib borilmoqda. 2012-yil 10-dekabirdagi 1875 PQni o‘rinlash maqsadida 1-4-siflarda “ingiliz tiliga birinchi qadam”, 5-7-sinflarda “Yosh inglzlar”, 8-9-siflarda “Yosh fransuzlar” to‘garaklari tashkil qilinib, o‘quvchilarni chet-tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib borildi. Xususan maktabimizda 2013-yil 11-may kuni o‘tkazilgan QR XTB hamda RO‘MM bilan xamkorlikdagi “Ta'lim muassasalarida uzliksiz metodik xizmatni takomillashtirish va ta'lim sifati manitoringi hamda Bilimlar bellashuvi tadbirlarini amalga oshirish usullari” mavzusida Respublika amaliy o‘quv-seminori bo‘lib o‘tdi. Bunda maktabimizning faol o‘qituvchilaridan ona-tili va adabiyot fan o‘qituvchisi Xolimbetova Olmagul, matematika fan o‘qituvchisi Yerdasheva O‘tabika, biologiya fani o‘qituvchisi Saparboyevalar AKTdan foydalanib namunaviy ochiq darslar o‘tishdilar.     

 

Qurbonov  Shuxrat -             64-sonli maktab direktori.                                                                                 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq talimi  a'lochisi.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Eng toza tuyg’u nima? Birinchi maoshingizni keltirib berib, otangizning duosini olganingizmi? Birinchi marta sovg’a keltirib berganingizda onangizning ko’zida qalqigan yoshmi? Birinchi bo’sami? To’y kechasidagi hayajonlarmi? Nogahon ko’z yumgan onangizning qabrini silab yig’laganingizmi? To’ng’ich farzandingizni ilk bor maktabga yetaklab borganingizmi? Hammasi… hammasi pokiza tuyg’ular… Ammo… Bola emizib o’tirgan ayolga zimdan razm soling... go’dagiga termulib bola emizayotgan onaning ko’zlariga sinchikla-a-a-b tikiling... Eng oily tuyg’u nimaligini shunda ko’rasiz!

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?