AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Barcha ta'lim muassasalari rahbarlariga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida" 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmonini bajarish yuzasidan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda xalq ta'limi tizimida kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida 2013 yil mart oyidan boshlab Amudaryo tuman XTMFMTTE bo‘limining internetdagi www.amuziyo.uz  rasmiy veb sayti faoliyat yurita boshladi.

Veb saytda axborot ta'limiy mazmunda va metodik materiallar joylashtirib boriladi. Bunda ma'lumotlar keng omma uchun mo‘ljallangan bo‘lib keyinchalik to‘rtta tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz) ma'lumot kiritib borish rejalashtirilgan.

Amudaryo tuman XTMFMTTE bo‘limining ish faoliyatiga oid ma'lumotlarni internet foydalanuvchilariga o‘z vaqtida va to‘liq yetkazish maqsadida o‘zingiz rahbarlik qilayotgan muassasa haqida ma'lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qilib borishingizni so‘rayman. Bundan tashqari muassasada faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar o‘zlarining ta'lim tarbiyaga oid maqolalarini ham XTMFMTTE bo‘limining internetdagi www.amuziyo.uz  saytida joylashtirishlari mumkin.

 

Ma'lumotda asosan quyidagilar aks etishi lozim:

Ta'lim muassasasi manzili, faoliyat turi, qisqachi tarixi, ko‘p yillar davomida rahbarlik qilgan taniqli shaxslar, statistik ma'lumotlar, faxriy o‘qituvchilar, Respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan ta'lim muassasasining sobiq o‘quvchilari, erishgan yutuqlari, ta'lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlar va hok.

Ma'lumotlar elektron variantda MS WORD dasturida Times New Roman 12 shriftida 2 varaqdan oshmagan holda yozilgan bo‘lishi lozim. Ma'lumotlar 3 tilda - o‘zbekcha (lotin grafikasida), qoraqalpoqcha (lotin grafikasida), ruscha (kirill) bo‘lishi lozim. Ma'lumot yozilgan fayllar nomi aniq va tushunarli, lotin alifbosida bo‘lishi lozim. Misol uchun 16-maktab-malumotlar-uzb.doc,   16-maktab-malumotlar-rus.doc . Fotosuratlar - muassasaning tashqi ko‘rinishi, muassasaning tashkil topgan vaqtidagi tarixiy rasmlar, faxriy o‘qituvchilar ish faoliyatidan, muassasada ta'lim-tarbiya jarayoni, tadbirlar aks etgan bo‘lishi lozim. Fotosuratlar raqamli fotoapparatda tushirilgan, yuqori sifatli va elektron variantda bo‘lishi kerak. Foto fayllar nomi aniq va tushunarli, lotin alifbosida bo‘lishi lozim. Misol uchun 20-maktab-fasad.jpg,   20-maktab-navruz.jpg.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Jamoat transportlarining o’rindiqlariga o’tirib olgan ko’pchilik yoshlar nega ko’zlarini yumib olishar ekan-a, deb o’ylab ko’rdim. Menimcha, shundoq tepasida tik turgan katta yoshli insonlarni ko’rishga ularning VIJDONlari yo’l qo’ymasa kerak!

Xushnudbek Xudayberdiyev

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?