AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Psixologiya oid 10 ta qiziqarli faktlar

10. Inson tashqi ko`rinishi va uning jinoyatga moyilligi orasida ma’lum darajada bog`liqlik bor. Asosan, jinoyatchilarning oddiy insonlarga nisbatan istarasi sovuq bo`ladi. Istarasi issiq, tashqi ko`rinishi chiroyli bo`lgan insonlar o`rtasida jinoyatga moyillik kam.

 

 

 

 

 

 9. Erkaklar va ayollar jinoyat sodir bo`lgan paytda ushbu jarayon detallarini turlicha xotirasida saqlab qoladilar.

Misol uchun jinoyatchi ko`chadan ketayotgan odamning sumkasini qo`lidan yulib olib qochsa ayollar uning yuzida nima aks etganini (xavotir, g`azab) yani uning his-tiyg`ularini eslab qoladilar. Erkaklar esa, aksincha jinoyatchining tashqi ko`rinishi(bo`yi, gavdasi, sochlari)ni eslab qolishar ekan.

 

 

 

  

8. Agar siz o`zingizni qancha og`ir-bosiq tutsangiz atrofingizdagi odamlar sizning rayingizga unchalik qarshi chiqishmaydi. Aksincha, agar o`z nuqtai nazaringizni jon jahdingiz bilan, kuyib-pishib boshqalarga tushuntirmoqchi bo`lsangiz asoslangan va kuchli qarama-qarshilikka duch kelasiz.

 

 

 

 7. Do`kon rastalrida baholarni to`g`ri yozib qo`yish ham katta ahamiyatga ega. Misol uchun “Apelsin donasi 0.25 $”  degan yozuvni “Apelsin donasi ¼ $” 

deb almashtirish orqali savdoni ancha jonlantirish mumkin.

 

 

 

 

 


6. Kiyim-kechaklar do`konida xaridor ayollar asosan betartib joylashtirilgan polka va veshalkalarga e’tibor berishadi. Ularning nazarida eng qiziq narsalar mana shu yerda joylashganga o`xshab ko`rinadi.

 

 

 

 

5.Notanish joyda ko`pchilik odamlar  o`zlari bilmagan holda o`ngga burilishadi. Shuning uchun tiqilinchda qolmay yoki navbatda turib qolmay desangiz chapga

qarab yuring yoki navbatda turganlarning chap qatoriga o`ting.

 

 

 

 

 

 

4. Qora rangdagi forma kiyib olgan jamoalar hakam tomonidan ko`proq jazolanadilar. Bu MXL va MFL larning ko`pyillik statistikalari asosida tasdiqlangan.


 

 

 

 

 

 

 3. Yaxshi baholar yomon baholarga nisbatan esda yaxshi qoladi. “A’lo” (5) baho 89% hollarda esda saqlab qolinadi, “Qoniqarli” (3) baho esa 29% hollarda esda qoladi.  Shuning uchun ko`pchilik odamlar o`zlarining  yoshlikdagi yomon baholarini eslay olmaydilar va yaxshi o`qiganliklarini eslab yurishadi.

 

 

 

Ikkinchi va birinchi o`rindagi qiziqarli faktlar mentalitetimizga biroz to`g`ri kelmaganligi uchun manbasini ko`rsatish bilan kifoyalanamiz.

Manba : http://www.stevsky.ru