AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

"Narkotik "(giyohvand modda) nima degani?

Umumjaxon sog`liqni saqlash tashkilotining ta'rifiga ko`ra tibbiyotda qo`llanilishidan qat'iy nazar, kayf hissiyotini tug`diradigan va unga ruju qo`yishga olib keladigan har qanday modda narkotik deb ataladi. "Narkomaniya" atamasi   Narkomaniya (yunoncha narxe-karaxtlik va mania-telbalik, jahl, shod-xurramlik), bangilik, giyohvandlik-narkotik  ta'sirga ega bo`lgan moddalarni surinkasiga iste'mol qilish, unga moyil bo`lib qolish, narkotik modda bo`lmaganda esa bemorda xumor belgilarining paydo bo`lishi, oqibatda og`ir ruhiy, jismoniy, ma'naviy o`zgarishlar, ijtimoiy tushkinlik bilan kuzatiladigan kasallikdir.

            Narkomaniya sotsial muammodir. Sobiq ittifoq davriga qadar Rossiyada, shuningdek, O`rta Osiyoda narkotiklarni turmishda qabul qilish, xususan opium chekish tufayli narkomaniya juda xam keng tarqalgan, katta shaharlarda esa kokain va narkotiklarning boshqa xillarini qabul qilish keng tus olgan edi.

             Lekin sobiq ittifoq davrida, barcha ma'lumotlar xalq ommasidan yashirilishi tufayli narkomaniyaga barham berilgandek bo`lgan. Sobiq ittifoq parchalanib ketgach, barcha ma'lumotlar to`qri ko`rsatilishi tufayli birdaniga narkoman va toksikomanlar soni ko`payib ketgandek bo`ldi.  Shuningdek XX asrning oxiriga kelib butun jahon miqyosida ham narkomanlarning soni kundan-kun ortib borayotgan edi va ortib bormoqda. Shuning uchun ham narkomaniya kasalligini xuddi OITS kabi "XXI asr vabosi" deb atasak mubolag`a bo`lmaydi. Kasallanish darajasi Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarini qamrab olib, butun bir epidemiyaga aylanib qolmoqda.

 

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Dehqon tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: ko’p hosil oladi. Quruvchi tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: chiroyli imorat quradi. Jarroh tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: yaxshi operatsiya qiladi… Ijodkor tajribasi oshgan sayin yumushi og’irlashadi. Uning o’zini takrorlashga haqqi yo’q!

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?