AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

OIV - yuqish yo`llari va uning oldini olish.

OIV-odam immun tanqisligi virusi bo‘lib, qondagi immunitet tizimini tashkil etadigan limfotsit hujayralarini asta - sekin yemira boshlaydi. OIV organizmning mikroblardan ximoya qilish kuchi -immunitetni kuchsizlantirib, odamni turli xil kasalliklarga tez-tez chalinuvchan qilib qo‘yadi. OIV bilan zararlangan odam organizmida virus 5-10 yillar davomida yashirin yashashi mumkin. Bu davrda o‘zida kasallik belgilari sezmaydi. Yashirin davr shunisi bilan xavfliki, odam bilmagan xolda virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin. Xozirgi kunda ko‘payishini to‘xtatadigan dorilar mavjud.

OIV qanday yuqadi?

Giyohvand moddalarni umumiy shpritsdan tomir orqali qabul qilganda

jinsiy yul orqali,    ayniqsa betartib jinsiy aloqalarda.

ishlatilgan shprits, igna va boshqa tibbiy asboblardan foydalanganda.

OIV yuqtirgan onadan bolaga xomiladorlik davrida, tug‘ish jarayonida va emizganda.

tozalanmagan va zararsizlantirilmagan soqol, tirnoq olish asboblari, tatuirovka.

Qaysi xollarda OIV yuqmaydi?

Qo‘l berib salomlashganda , kuchoqlashganda.

Umumiy xojatxona, xammomdan foydalanganda.

Gaplashganda, yo‘talganda va askirganda.

-        Idish tovoqlardan foydalanganda.

-        Teri va ko‘z yosh orqali.

OITSga qarshi kurash markazlari tuman ko‘p tarmoqlari poliklinnikada anonim xonasi mavjud bulib, bu yerda xar bir murojat etuvchiga bepul va xufiyona xizmat kursatadi.

OIVni   yuqishini oldini olish uchun nimalarga axamiyat berish lozim.

-tibbiy muloajalar olayotganingizda zararsizlantirilgan asboblarning ishlatilishiga axamiyatbering.

bir marotabalik shprits,, igna va boshka in'yeksiya asboblari va dori vositalarini oldingizda ochishlarini talab qiling. Agar shubxangiz bo‘lsa, yaxshisi bu muolajadan voz keching.

shaxsiy tish chutka, ustara tirnoq tozalash va olish asboblaridan foydalanishga odatlaning.

Ulardan boshqalarning foydalanishiga yo‘l qo‘ymang.

sartaroshxonalarda ustara, qaychi va manikyur asboblarini zararlantiruvchi eritmalarda zararsizlantirishiga axamiyat bering.

-        giyohvandlik kabi illatdan voz keching.

-tasodifiy jinsiy alokalardan saklaning.