AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Ta'lim muassasalariga

Davlat organining rasmiy saytiga qo‘yiladigan 
ASOSIY TALABLAR


1. Davlat organining rasmiy saytiga joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlar ro‘yxati
1.1. Davlat organining rasmiy saytiga joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlarga quyidagilar kiradi:
a) davlat organining huquqiy maqomini, shu jumladan davlat organining, uning bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasi, funksiyalari va vazifalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;
b) davlat organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar;
v) davlat organining normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
g) Hukumat va davlat organlari tomonidan davlat organi faoliyati sohasida qabul qilingan dasturlar to‘g‘risidagi umumiy ma'lumotlar (nomi, maqsadi, asosiy vazifalari, buyurtmachilari, bosh ijrochilari, amalga oshirish muddatlari va kutilayotgan natijalar);
d) davlat organi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, «davra suhbatlari», rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma'lumotlar, davlat organining kundalik faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar;
e) davlat organining davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
j) amalga oshirilishida davlat organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi axborotlar;
z) davlat organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning ahvolini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
i) davlat organi, uning tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
k) bo‘sh ish o‘rinlari va ishga qabul qilish shartlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
l) rasmiy saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi talab;
m) davlat organi rasmiy saytda joylashtirishni zarur deb hisoblaydigan umumiy foydalaniladigan boshqa axborotlar va ma'lumotlar.
1.2. Davlat organi tomonidan rasmiy sayt orqali ko‘rsatiladigan bazaviy axborot xizmatlari ro‘yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:
a) davlat organi rahbarlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma'lumotlar va ular bilan bog‘lanish ma'lumotlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari);
b) davlat organining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘linmalarining telefon raqamlari va manzil rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to‘g‘risidagi ma'lumotlar, ma'lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari;
v) davlat organi tomonidan qabul qilinadigan arizalar, blankalar va statistik hisobotlar shakllari;
g) fuqarolarning arizalari, shikoyatlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar;
d) davlat organi faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy ma'ruzalar va axborot tusidagi sharhlar;
e) davlat organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;
j) davlat organining rasmiy statistik axborotlari;
z) boshqa tegishli saytlarga havolalar;
i) elektron-raqamli imzo qo‘llanishiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan hisobotlar, xatlar, arizalar, shikoyatlar va boshqa shakldagi murojaatlarni qabul qilish imkoniyati.
1.3. Rasmiy saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko‘rsatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Odob> Farzandga oson tutmang. Otaning yuziga tik qarolmaydi. Otaga oson tutmang. Farzandiga dardini ayta olmaydi.

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?