AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!

Hurmatli Amudaryo tumani tadbirkor va ishbilarmonlari! Eng yaxshi sarmoya kelajakka qo`yilgan sarmoya hisoblanadi. Har bir yosh farzandga hozirgi kunda to`g`ri sarflangan mablag` ertaga 200 hissadan ortiq mablag` keltirishi mumkin.

            Hozir chet tillari o`rgatish bo`yicha xususiy bog`cha va kompyuter texnologiyalari sohasida ta`lim markazi ochmoqchi bo`lsangiz ayni vaqti.

            O`zbekiston Respublikasi, xususan Qoraqalpog`iston Respublikasi va Amudaryo tumanida  ko`plab chet el investorlari ishtirokida qo`shma korxonalar ishga tushmoqda, kelgusida ushbu sohada yanada keng faoliyat yuritish ko`zda tutilgan. Bu korxonalarda albbatta нetuk va malakali kadrlar talab qilinadi. Hozirgi davrda zamonaviy kadrga bo`lgan asosiy talab ingliz tili va kompyuter texnologiyalaridan xabardorligidir. Hozirgi kunda tumanimizda farzandlarining qo`shimcha ta’lim olishiga katta mablag` sarflashga tayyor bo`lgan oilalar safi kengaymoqda. Ushbu talablarni inobatga olib chet tillari va kompyuter texnologiyalari sohasida qo`shimcha ta’lim markazlariga ehtiyoj katta.

            Agar siz xususiy bog`cha yoki ta`lim markazi ochmoqchi bo`lsangiz Amudaryo tuman XTMFMTTE bo`limi hujjatlar va kadrlar borasida (ta'lim markazi uchun bino borasida) amaliy yordam berishga tayyor.

Qo`shimcha ma’lumotlar bo`yicha Amudaryo tuman XTMFMTTE bo`limiga murojaat qiling.

 

 

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Do’stni ho’rlash-gunoh. Umr yo’ldoshini ho’rlash- yuz hissa gunoh. Ota-onani ho’rlashming hissa gunoh. Go’dakni ho’rlash- cheksiz gunoh.

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?