AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Prezident qarori ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 12 dekabr kungi “ Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-1875 qarori qabul qilingan edi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim tug‘risida”gi Qonunini  hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya'ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi.

Mazkur qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligining 2012 yil 11 dekabrdagi  358-sonli qarori yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 17 dekabr kungi 264-sonli buyrug‘i qabul qilingan. Mazkur buyruqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida Amudaryo tuman XTMFMTTE bo‘limi tomonidan 2012 yil 20 dekabr kungi 200-m-sonli buyruq chiqarildi va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, ushbu buyruq talablari asosida umumta'lim maktablariga 2013-2014 o‘quv yilida 1-9-sinflarga qamrab olinadigan o‘quvchilar soni to‘g‘risidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritildi, ushbu sinflar chet tilalaridan dars beruvchi o‘qituvchilar ro‘yxati shakllantirildi, ehtiyoj aniqlangan umumta'lim maktablaridan jami 51 nafar o‘qituvchining ro‘yxati qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish uchun buyurtma tarzida QR XTV ning kadrlar bo‘limiga taqdim qilindi. Tuman XTMFMTTEB ning 27 dekabr kungi 207-m-sonli buyrug‘i bilan tumanda chet tillari bo‘yicha jami 8 ta tayanch maktabi belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2013 yil             10 yanvar kungi  “O‘zR XTV ning 2013 yil 8 yanvar kungi  8-sonli buyrug‘i hamda QR VK ning  9 yanvar  kungi 01-08/9-01/14-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalarni bajarish to‘g‘risida” gi 04-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida Amudaryo tuman XTMFMTTE bo‘limi tomonidan 2013 yil 12 yanvar kungi 11-m-sonli buyruq qabul qilindi  va barcha maktablarga yetkazildi. Ushbu buyruqqa asosan ta'lim muassasalaridagi ilg‘or tajribali xodimlarni jalb qilgan holda ta'lim jarayonida AKT hamda chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti (prezentatsiya)ni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ushbu chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini barcha pedagog xodimlarga yetkazish topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2013 yil              14 yanvar kungi 08-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Amudaryo tuman XTMFMTTE bo‘limi tomonidan 2013 yil 16 yanvar 16-m-sonli buyrug‘i qabul qilindi  va barcha maktablarga yetkazildi. Ushbu buyruqqa asosan Amudaryo tuman XTMFMTTE bo‘limiga qarashli barcha ta'lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishni yanada takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida ishchi guruhi tuzildi, har haftaning beshinchi kuni “Juma - chet tili kuni” deb belgilandi.  Tuman XTMFMTTEB da tavsiya qilinayotgan o‘quv rejasi asosida har haftaning juma kuni belgilangan o‘quv mashg‘ulotlarining olib borilishini ta'minlash uchun zarur mutaxassislar jalb qilindi. O‘quv mashg‘ulotlarida bo‘lim xodimlarining to‘liq ishtirok qilishlarini ta'minlash, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Har bir ta'lim muassasasi qoshida ta'lim muassasasida chet tillarining o‘qitilishini yanada takomillashtirish ishlarining olib borilishini nazorat qilib boruvchi, shuningdek ta'lim muassasasidagi barcha pedagog xodimlarni chet tilida o‘qitishni tashkil qilish ishlarini ta'minlovchi ishchi guruhlari tarkibini shakllantirildi.

Ishchi guruhlar tomonidan 2013 yil yanvar-may oylari uchun tegishli ish rejalarini ishlab chiqildi, pedagog xodimlarni o‘qitish uchun mas'ul bo‘lgan xodimlar tayinlandi, ta'lim muassasalarida “Chet tilini o‘rganamiz” burchaklari tashkil qilindi. Ta'lim muassasalarida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ma'lumotlarni har oyning 23-sanasidan kechiktirmasdan tuman XTMFMTTEB ga taqdim qilib borish vazifalari topshirildi. Ta'lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarining belgilangan jadval asosida olib borilishi nazorat qilib borilmoqda.

 

Tumandagi o‘quv-tarbiya muassasalarida chet tilini o‘qitish hamda o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali ishlar yuzasidan tuman gazetasi hamda “AmuTV” televideniyesida maqolalar va ko‘rsatuvlar tashkil qilinmoqda. Tumandagi o‘quv-tarbiya muassasalarida chet tili fani o‘qituvchilariga ehtiyojlar o‘rganildi va qayta tayyorlov kurslarida o‘qish istagini bildirgan o‘qituvchilar to‘g‘risida ma'lumotlar QR XTV ga taqdim qilindi.