AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Yangi pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar

Umumiy o‘rta ta'lim tizimidagi islohotlar o‘quvchilarga sifatli bilim berish bilan birga hayotiy kompetensiyalarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Yangi davlat ta'lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etishda shu jihatga alohida e'tibor qaratilmoqda. Aytish joizki, bu boradagi ishlar samaradorligi, avvalo, maktab jamoasi, ta'lim boshqaruvi tizimi va pedagogika fanini bog‘lovchi bo‘g‘in — metodik xizmatning qay darajada yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liq. Metodik xizmat sifati metodistlarning salohiyatiga, metodik mahsulotlar bilan ta'minlanganlik darajasi va yaratilgan shart-sharoitlarga ham bevosita bog‘liq. Metodik ta'minot va xizmat sohasida yechimini kutayotgan masalalarni hal etish, kadrlar salohiyatini oshirish orqali umumiy o‘rta ta'limni rivojlantirish maqsadida Respublika ta'lim markazi mutaxassislari UNISEF xalqaro bolalar tashkiloti hamkorligida “Shaxsga yo‘naltirilgan metodik xizmatni tashkil etish modeli” loyihasi ustida ish olib bormoqda.

E`tiboringizga ta`lim sohasida qo`llanilayotgan yangi pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar aks etgan plakat (banner)larni havola qilamiz. Ushbu plakatlar Amudaryo tumani XTMFMTTE bol`imi monitoring bo`limi tominidan ishlab chiqilgan. Agar ushbu plakatlarni  katta hajmda, sifatli qilib chiqarmoqchi bo`lsangiz fayllar elektron nusxasi beriladi.    amuziyo@umail.uz manziliga murojaat qiling.

 

 

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g’or edi, bola go’dak edi... Kunlarning birida onabola qishloqqa –uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo’lishdi. Ona qaddini g’oz tutib, tez-tez yurib borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi. Qishloq guzarida yarmini yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni ko’rib angrayibqoldi: chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’i, tumshug’i uzun bir qush turar edi. Bola mo’jiza ko’rgandek taqqa to’xtab qoldi. - Anavi nima, oyi?- dedi o’sha tomondan ko’z uzmay. -Laylak, o’g’lim, laylak!- ona o’g’lining boshini silab qo’ydi. – Yura qol, jonim. Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi. U yana to’xtab qoldi. -Nima u, oyi? –dedi tag’in chinor uchiga ko’z tikib. -Laylak, o’g’lim, laylak. - Nimaga bir oyoqda turibdi? Ona kuldi: - Bir oyog’i charchagandir-da. Yura qol, jonim. Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bo’ynini cho’zib tumshug’ini osmonga qaratib silkitar, shunda “tarak-tarak” degan ovoz eshitilardi. Bola tag’in to’xtab qoldi. - Nima o’zi u, oyi? Uning ko’zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta yumushi bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak. -Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o’g’lining yuzidan o’pdi. – senga salom beryapti-da. Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. ... Oradan o’ttiz besh yil o’tdi. Bola yigit bo’ldi. Ona keksayib qoldi. Oyog’idan mador, ko’zidan nur ketdi. Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o’sha qishloqqa borib qoldilar. Yigit qaddini g’oz tutib tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, og’ir-og’ir ko’tarib bosgancha harsillab kelardi. Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’I, tumshug’i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo’ydiyu qadamini tezlatdi. Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko’zlarini chinorga, chinor shoxida qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan narsa ko’ziga g’alati ko’rindi. - Anavi nima, o’g’lim? – dedi to’xtab. -Laylak, oyi, laylak! Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to’rt qadam yurib yana to’xtab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima oqarib ko’rinyapti. Qiziq... -Nima, o’g’lim? – dedi ko’zlarini pirpiratib. O’gil taqqa to’xtadi. G’ashi keldi. O’zi shoshib turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo’lib qolarkan-da! -Laylak! –dedi jerkib. –Laylak deyapman-ku, karmisiz! Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora, yigit yosh, yigit navqiron. Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning g’or, go’dak bolalari bor…

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?