AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Mustaqillik darslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini  ta'minlash maqsadida barcha umumta'lim maktablarida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim” shiori ostida mustaqillik darslari tashkil qilinadi.

 

 

Mazkur darslarda mustaqillikning 24 yili davomida yurtimizdagi barqaror, tinch va osuda hayot, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlarni, “Biz kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik?” degan hayotiy haqiqatni asosiy va bosh g‘oya sifatida dars jarayonida davra suhbati orqali har bir o‘quvchiga batafsil tushuntiriladi.

 

 

Shuningdek, ushbu darsda o‘quvchi-yoshlarga  respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilayotgani aniq misollar bilan ko‘rsatib berilishi ko‘zda tutilgan.

 

 

Quyida siz ta'lim muassasalarida mustaqillik darsini tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiya (yuklab olish), dars ishlanmasi (yuklab olish) va slayd-taqdimotni (yuklab olish) yuklab olishingiz mumkin.

 

“Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim –  O‘zbekistonim!” O‘zbekistonning 24 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lida turli sohalarda qo‘lga  kiritilgan yutuq va natijalar, mamlakatimizning salohiyati va qudrati, tub islohotlarning mohiyati ahamitini aholining keng qatlamalariga yetkazish, joylarda tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma (yuklab olish).

 

 

(ТЭГ. Мустақиллик дарслари дарс ишланма кўчириб олиш)

Manba : uzedu.uz