AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Bitiruvchi yoshlar parvozga shay!

Bu yil tumanimizdagi 76 ta umumta'lim maktablarining 9-sinfini 3188 nafar o‘quvchi-yoshlar bitirib, ta'limning keyingi bosqichi – akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yo‘l oladilar.

Ayni kunlarda umumta'lim maktablarida "so‘nggi qo‘ng‘iroq” jaranglashini dillarida hayajon va ezgu orzular bilan kutayotgan 9-sinf o‘quvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish maqsadida 2015-2016 o‘quv yili davomida aniq va puxta reja asosida ish olib borildi. Ya'ni, o‘quv yili davomida uch marta so‘rovnomalar o‘tkazildi. Bu so‘rovnomalarda 9-sinf bitiruvchilari, ularning ota-onalari, ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar, sinf rahbarlari, maktab psixologi hamda maktab direktorlari ishtirok etishdi.

Bitiruvchi-yoshlar so‘rovnomalarda o‘z fikrlarini mustaqil bayon etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratildi. Avvalo bo‘limning "2015-2016 o‘quv yilida umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga to‘liq qamrab olinishini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilib, ushbu rejaga asosan 7-9-sinflarning o‘quvchi-qizlari o‘rtasida "Qiz bolaning kasbi – uning baxti”, "Ilm ol, hunar tanla, Vataning kutar seni”, "Kasb-hunar – qizlar kelajagi”, "Hunarli qiz – yurt kelajagi”, "Bilimli qiz – farishta, hunarli qiz - sarishta” kabi mavzularda davra suhbatlari o‘tkazilib, bu davra suhbatlarida 7-9-sinflarning 4100 nafardan ortiq o‘quvchi-qizlari ishtirok  etdilar. O‘tkazilgan davra suhbatlarining o‘ziyoq bitiruvchi qizlarning va ularning izdoshlari bo‘lmish 7-8-sinf qizlarining o‘zlari qiziqqan sohalar bo‘yicha zarur ma'lumotlarga ega bo‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.

Bundan tashqari, o‘quv yili davomida umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Kasblar festivali”ning  o‘tkazilishi bitiruvchi-yoshlarning o‘zlari tanlagan kasblar va shu kasblar orqali hayotda o‘z o‘rnini topib, mehnat qilayotgan yoshlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Bitiruvchi-yoshlar bilan "Kasblar festivali” doirasida akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga sayohatlar uyushtirildi. Bu esa kasb tanlashda ikkilanayotgan yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratdi, albatta.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligining  2015 yil 29 yanvar kungi 24-sonli buyrug‘iga asosan umumta'lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Men tanlagan kasbning hayotimdagi o‘rni”, mavzusida insholar tanlovi o‘tkazilgani bitiruvchi-yoshlarning nafaqat o‘zlari orzu qilgan kasb-hunarni tanlashlarida, balki qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlarida ham muhim omil bo‘ldi. Insholar tanlovining birinchi bosqichida ishtirok etgan 3100 nafar bitiruvchi-yoshlardan 76 nafari  tanlovning  tuman bosqichida o‘zaro kuch sinashdilar.  Tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 3 nafar ishtirokchi ko‘rik-tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘lishdi.

"Ta'lim to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari asosida  umumta'lim maktablarining boshlang‘ich sinflaridan boshlab ta'lim-tarbiya jarayoniga kompleks yondashish, o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning ongli ravishda kasb tanlashiga imkoniyatlar yaratish va ta'limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish – bugungi kunda har bir ota-ona, ustoz va tarbiyachining, qolaversa, butun xalqimizning eng mas'uliyatli burchidir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sodiq, ona xalqiga, mahallasi va oilasiga, yaqinlariga mehr-oqibatli, bilimga intiluvchan, yaratuvchan, barkamol insonlar qilib tarbiyalash har birimizdan katta mas'uliyat, shu barobarida ijodiy yondashuvni talab etadi. Shu bois, bo‘limimiz tomonidan tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman IIB, "Kamolot” YOIH tuman Kengashi, tumanimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar, "Mahalla” xayriya jamoat  fondi tuman bo‘linmasi, "Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘linmalari, tuman tibbiyot birlashmasi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan barcha  ma'naviy-ma'rifiy hamda madaniy tadbirlarimizning mazmun-mohiyati, maqsadi bitta – farzandlarimizni yuksak ma'naviyatli, barkamol, muhtaram Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, bizdan ko‘ra kuchli, bilimli va dono qilib tarbiyalash. Zero, ona Vatan kelajagi bugungi hayot ostonasiga ilk mustaqil qadam qo‘yayotgan yoshlar kuch-qudratiga, bilim va salohiyatiga bog‘liq.

Umumta'lim maktablarida "so‘nggi qo‘ng‘iroq” chalinishiga juda oz fursat qoldi. Mustaqil hayot sari intilib, ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishga chog‘lanayotgan har bir bitiruvchi o‘g‘il-qizga:

- Parvozingiz baland, orzu osmoningiz yorug‘, kelajagingiz yanada porloq bo‘lsin!, - deymiz.

                          Ashirboy QO‘SHAYEV, tuman XTMFMTTEB mudiri.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan qolmaydigan do’st-shunchaki do’st. Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan qolmaydigan, boshingga bulut kelganida g’oyib bo’ladigan do’st-do’st emas. Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan qolmaydigan, boshingga bulut kelganida xiyonat qiladigan “do’st”- dushman. Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan quvmaydigan, boshingga bulut kelganida izingdan qolmaydigan do’st-haqiqiy do’st.

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?