AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Grippning oldini olish mumkinmi?

— Har qanday turdagi grippdan hozircha eng samarali himoya unga qarshi emlash (vaktsinatsiyalash) hisoblanadi, — deydi professor M. Kostinov. — Gripp shtammlari har yili o‘zgarib turishiga qaramay ularning virusi, odatda, bitta bo‘ladi. Grippga qarshi emlangan odam immuniteti virus bilan kurashuvchi antitelalar ishlab chiqaradi. Emlashdan so‘ng ikki haftadayoq shunday immunitet shakllanadi. Epidemiya paytida o‘tkazilgan emlash ham samarasiz emas. Ko‘plar emlashdan ko‘ra bir marta gripp bilan og‘rigan ma’qul, deb hisoblashadi. Biroq shuni unutmangki, har qanday xastalikdan biror asorat qolishi mumkin. Shu bois, emlash yo‘li bilan uning oldini olgan ma’qul.

Gripp yoki shamollash virusi yuqmasligi uchun bu kasalliklarga chalinganlar qancha vaqt o‘zini boshqalardan uzoq tutishi kerak?

— Odatda 2-5 kun, ya’ni harorat baland bo‘lib, yo‘tal va burun bitishi barham topmaguncha, — deydi professor A. Karabinenko. — Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, kasallikdan kuchsizlangan kishi keyinchalik ham atrofdagilarga kasalni yuqtirishi mumkin. Ayniqsa, qonida virus borlarda buning ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Ko‘k choyning foydasi va zarari

— Ko‘k choyning foydali jihatlari juda ko‘p. Biroq ayrim xastaliklarga chalinganda uni ichmagan ma’qul, — deb hisoblaydi doktor S. Agapkin. — Ko‘k choy tarkibida ko‘plab purin moddalari mavjud bo‘lib, u organizm uchun zaharli hisoblangan siydik kislotasiga aylanadi. Bu kislota moddalar almashinuvi jarayoni buzilishiga olib keladi. Uning organizmdan chiqib ketishi qiyin kechadi. Shu bois, bo‘g‘imlari og‘rib turadigan va podagradan shikoyat qiluvchi kishilar ko‘k choy o‘rniga qora choy ichsa ham bo‘laveradi. Bunday bemorlar ko‘k choy ichishni to‘xtatganlaridan so‘ng ahvoli yaxshilangan. 

Yaxshi uyqu nimaga bog‘liq?

— Uyqusizlikning bir nechta sababi bor, — deydi professor

R. Buzunov. — Masalan, kislorod yetishmaganda yoki xurrak otganda, stress va depressiya holatlarida, shuningdek, kofega o‘rganib qolganlarda uyqusizlik yuz berishi mumkin. Kuch-quvvatni oshiruvchi turli dori vositalari ham uyqusizlikka sabab bo‘ladi. Bu borada shifokorga murojaat qilishdan avval quyidagi tadbirlarni bajarib ko‘rish kerak:

— haftasiga uch marta yarim soatdan (yugurish, suzish, velotrenajyor haydash) jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish;

— choy, kofe, shokolad, kuch-quvvatni oshiruvchi boshqa vositalarni cheklash; Kofein 4-6 soat, keksalarda esa 8 soat qo‘zg‘alishga sabab bo‘ladi.

— uyqu vaqtini kamaytirish; agar tez-tez uyg‘onsangiz uyqu yuzaki bo‘ladi va organizm charchoqlar o‘rnini to‘ldira olmaydi;

— to‘shakda 15 daqiqadan ortiq uxlolmay yotmang, uyqu kelmasa o‘rningizdan turib, to mudray boshlamaguningizcha yotmang;

— uyqu rejimiga rioya eting, ya’ni qancha uxlaganingizdan qat’i nazar bir vaqtda turishga harakat qiling. Agar ish kunlari soat 6 da turib, dam olish kunlari 12 ga qadar yotsangiz organizmni yanglishtirasiz. Natijada dam olish kuni uyqusizlikdan qiynalasiz;

— ikki-uch hafta mobaynida kuniga uch mahal valeryanka, arslonquyruq va shunga o‘xshash o‘t-giyohlar damlamasidan ichib yurish ham uyquni me’yorga solishga yordam beradi.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasidan

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

FARZANDLARIMGA O'GITLAR>Qo’lingdan kelmaydigan ishga va’da berma. Qo’lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Qo’lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan. Qo’lingdan keladigan ishni esa, va’da bermasdan bajarsa ham bo’laveradi…

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?