AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Bolalar uchun bayram dasturxoni

Sanoqli kunlardan keyin butun dunyoda eng omabop bayram - Yangi yil kutib olinadi. Bayram kayfiyati hozirdanoq boshlanib ketgan. Bu bayramni hammamizdan ko‘ra aziz bolajonlarimiz orziqib kutadi. Turli xil sovg‘alar, bayram dasturxoni, bayram kechalari. Albatta hammamiz farzandlarimizning bayram davrida quvnoq kayfiyatda bo‘lishini hohlaymiz. Lekin bayram kunlari turli xil shirinliklar, ovqatlar, mevalardan iborat bayram dasturxoni bolalarimiz sog‘ligiga qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida bilamizmi?

Bayram dasturxonini hamma har xil taomlar bilan bezashni yaxshi ko‘radi. Bayram kunlari bolalarning ovqatlanishiga alohida ahamiyat berish kerak.

 Bayram dasturxoni bolalar uchun alohida, yengil taomlar  bo‘lishi kerak. Imkon darajasida  bolalar uchun bayram dasturxonini alohida bezash kerak.

                   Bayramda bolalar qanday mahsulotlar yeyishi mumkin?

Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bayram dasturxoniga bodom, asal, har xil shirinliklar qo‘yish ta'qiqlanadi, chunki ular allergiya chaqirishi mumkin. Gazlangan ichimliklar o‘rniga turli sharbatlar, mevali kompotlar berish maqsadga muvofiq.

2-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dudlangan kolbasa mahsulotlari o‘rniga qaynatilgan yoki dimlangan go‘sht berish mumkin.

3-4 yosh bolalarga tuzlangan, konservalangan sabzovotlar, 5-6 yosh bolalarga o‘tkir taomlar, salatlar berish mumkin emas.Ushbu mahsulotlar tarkibidagi sirka (uksus), turli xil ziravorlar, murch, tuzlar buyrak, oshqozon-ichak tizimiga salbiy ta'sir qilishi, ayrim hollarda noxush holatlarga sabab bo‘ladi.

Bolalar dasturxoni uchun qaynatilgan yoki dimlangan sabzovotlar, sabzovotlardan tayyorlangan salatlar berish mumkin. Salatlarga zaytun moyi, yog‘siz qatiq yoki shakarsiz yogurt aralashtirish mumkin. Mayonezdan foydalanmagan ma'qul. Dasturxonda albatta mevalar bo‘lishi kerak. Sitrus mevalar (mandarin, apelsin, ananas, limon) allergiya chaqirishi xususiyatiga ega. O‘zimizning mahalliy mevalardan ham salatlar tayyorlash mumkin. Shirin mevalarni mayda bo‘lakchalarga bo‘lib, yogurt aralashtirib marmelad bilan bezash mumkin.

 Bolalar uchun ovqatning tashqi ko‘rinishi juda muxim. Shuning uchun farzandlaringiz va ularning sog‘ligi uchun e'tiborli  bo‘lib, sifatli va foydali mahsulotlardan chiroyli bezaklar berib, mazali taomlar tayyorlashingizni tavsiya qilamiz.

 

 

Tuman XTMFMTTE bo‘limi pediatr vrachi G.Avezova

 

teglar: (yangi yil  taom bola bolalar ovqat zaharlanish sog`lom ovqat янги йил таом болалар овқат заҳарланиш соғлом овқат)

 

 

 

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Bu rivoyatni ko’pchilik o’qigan, eshitgani aniq. Lekin menga juda ham yoqqanligi uchun yana bir bor eslatishni joiz deb topdim. Vafotidan so’ng bir insonga narigi dunyoda o’z hayot yo’lini ko’rsatishibdi. Haligi inson qarasa, uning hayot yo’li davomida ikki juft qadam izlari turgan emish. Hayron bo’lib so’rabdi: - Nega izlar ikki juft? Unga farishtalar javob berishibdi: - Izlarning biri seniki, ikkinchisi Allohniki. U hayoting davomida doim senga hamroh bo’ldi. - Tushunarli, - debdi haligi inson. Yana sinchiklab qarasa, ba’zi joylarda izlar bir juft emish. - Nega ba’zi joylarda izlar bir juft, - deya so’rabdi hayron bo’lib. - Bu hayotingning eng qiyin, mashaqqatli joylari, - deb javob berishibdi farishtalar. - Demak, eng qiyin vaziyatlarda Alloh meni yolg’iz tashlab qo’ygan ekanda? - Yo’q, bunday joylardan U seni qo’llarida ko’tarib o’tgan, shu sababli izlar bir juft! Xudoga shukur!

Xushnudbek Xudayberdiyev

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?