AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Namunaviy maktab ko`rgazmasi

2018 yil 22 iyun kuni tumandagi xalq ta’limi muassasalarida yangi 2018-2019-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Dalvt inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2018 yil 13 iyundagi 02-1583-sonli topshirig‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 8 iyundagi “Ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlari samaradorligini orttirish to‘g‘risida”gi 126-sonli buyrug‘iga ko‘shimchalar kiritish hamda bu bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 132-sonli buyrug‘i ijrosi o‘rganildi.

Amudaryo tumanida umumta’lim maktablarini 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha harakat dasturining ijrosi 40-sonli umumta’lim maktabida tashkil qilingan “Namunaviy maktab” Ko‘rkazmasida xalq ta’limi bo‘limi mudiri va bo‘lim mutaxassislari hamda 4-sektor hududida joylashgan maktab direktorlari va ijodkor o‘qituvchilar qatnashdi.

Ko‘rgazmada o‘quv-seminari tashkil qilinib, unda xalq ta’limi bo‘limi mudiri harakat dasturida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda,maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.

1. O‘quv binolarini ta’mirlash va maktab hududini obodonlashtirish

2. Sinflarni zarur jihozlar bilan ta’minlash

3. O‘quvchilarni darsliklar, o‘qituvchilarni uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash

4. O‘quv jarayonini pedagogik va metodik ta’minotini yaxshilash

5. O‘quv jarayonida AKT dan samarli foydalanishni yo‘lga qo‘yish

6.  Ta’lim sifatini yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar bo‘yicha o‘z fikr va tavsiyalariii aytib o‘tdi.

Ko‘rgazmaning o‘quv-seminaridan keyin ishtirokchilar bilan birgalikda kimyo, biologiya, fizika va informatika fan o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan laboratoriya mashg‘ulotlari hamda EATR laridan samarali foydalanish bo‘yicha taqdimotlar namoish qilindi.

Ko‘rkazmada o‘quv yiliga tayyor bo‘lgan fan va sinf xonalari hamda maktab kutubxonasi bilan tanishildi. Ishtirokchilar fan va sinf xonalari bezatilishi bo‘yicha qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar. SHu bilan birga o‘z takliflarini bildirib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashtirdilar.

Ishtirokchilar maktab kutubxonasi fondini xatlovdan o‘tkazish hamda badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan boyitish, fan o‘qituvchilari uchun uslubiy qo‘llanmalar va didaktik vositalar, multimediali resurslari  zahirasini shakllantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar.

Ko‘rgazma so‘ngida ishtirokchilar o‘quv binosi ichki va tashqi ta’mirlanishi hamda maktab hududini obodonlashtirishi bilan tanishdilar.

 

 

 

 

 

 

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Yoshligida aqli raso odam keksayib, “annaqaroq” bo’lib qolishi mumkinmi-yo’qmi, unisini bilmadim-ku, ammo yoshligida “annaqaroq” odam keksayganda aqli raso bo’ladi, desalar... Bilmadimov.

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?