AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Velomarafon "Youth day"

Shu yilning 27-iyun kuni Amudaryo tumanida Yoshlar Ittifoqi Amudaryo tuman kengashi tomonidan  yoshlar o‘rtasida  “30-iyun “YOshlar kuni”  munosabati bilan “Yoshlar marafoni” va “Velomarafon” o‘tkazildi. Ushbu musobaqaga tumandagi Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari ham qatnashdi.

         Velomarafon bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqaga 50 nafardan ortiq sportchi yoshlar qatnashib, o‘zlarining kuch va mahoratlarini sinab ko‘rishdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Velomarfon bo‘yicha musobaqa g‘oliblari:

  1. Quranboev Ravshonbek – Mang‘it qishloq xo‘jaligi KHK o‘quvchisi
  2. Alimov Javlonbek – NDPI qoshidagi 3-sonli Amudaryo akademik litsey o‘quvchisi
  3. Olimov Maxkambek – 12-sonli maktab o‘quvchisi

    Shu kunning o‘zida Marafon bo‘yicha ham sportchi yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Musoboqaga tumandagi Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik letsey o‘quvchilaridan jami 120 nafar ishtirochi qatnashdi.

Ishtirokchilarni start chizig‘iga saf tortib musobaqa shartlari bilan tanishib olishdi. Ushbu marafonning finish chizig‘i 3 km oraliq masofada belgilandi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib taqdirlandi.

Marafon bo‘yicha musobaqa g‘oliblari:

  1. Jumaboev SHuxrat – Do‘rman qishloq xo‘jaligi KHK o‘quvchisi
  2. Olimov Sunnatbek – Iqtisodiyot KHK o‘quvchisi
  3. Narimbetov Javoxir – 9-sonli maktab o‘quvchisi

 

 

 

 

 

 

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Ketmas boylik> Menda bir so’m bor. Sizda ham bir so’m bor... Men sizga o’zimning pulimni berdim. Siz ham menga o’zingizning pulingizni berdingiz… Hech nima o’zgarmadi. Sizda ham bir so’m pul qoldi, menda ham... ... Menda yangi bir fikr bor. Sizda ham yangi fikr bor... Men sizga yangi fikrimni aytdim. Siz ham menga yangi fikringizni aytdingiz… Sizda ham ikkita fikr paydo bo’ldi, menda ham… Esli odam pul almashmaydi. Fikr almashadi.

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?