AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

“Tanlagan kasbim-mening faxrim” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati

Umumta'lim maktablarining 7-9 sinflarida ta'lim olayotgan qiz bolalarni kasb tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida “Tanlagan kasbim-mening faxrim” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati.

 

 “Ta'lim to‘grisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini, ayniqsa qiz bolalarni kasb tanlashlariga e'tibor qaratish, akademik litseylar va kasb xunar kollejlarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni ta'minlash,ota-onalar o‘rtasida qiz bolaning kasb tanlashga yo‘naltirish, qiz bolaning erta turmush qurishini olidini olish bo‘yicha targibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida “Tanlagan kasbim-mening faxrim” mavzusida davra suhbatlari Respublikamizdagi barcha umumta'lim maktablarida o‘tkazildi.

2013 yilning 17 aprel kuni bizning XTMFMT va TEbo‘limiga qarashli 13-sonli maktabda xam davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatlarining asosiy maqsadi  umumta'lim maktablarida ta'lim olayotgan o‘quvchilar, ayniqsa qiz bolalarni kasb-xunar tanlashlari uchun yetarli sharoitni oiladan boshlab yaratish, qiz bolalarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuvi,ma'naviy ruxiy aqliy jixatdan ta'lim talablariga mos ravishda rivojlanishi xamda oilada farzand tugilishi bilan eng avvalo onani enaga sifatida, onaga xos mehr manbalari bilan tarbiyachilik malakalarining ta'sirchanligi, oilada qizlarni tarbiyalash jarayonida ayol shaxsini qanday bo‘lish tushunchalarini singdirishi, onalar tomonidan amalga oshirilishi sababli ular orasida qiz bolalarni kasb tanlashlariga yetarli sharoitlarni yaratishda umumiy o‘rta ta'lim muassasalari bilan o‘zaro xamkorlik samaradorligini oshirishga qaratiladi. Shu bilan bir qatorda oilada qiz bola bilan onaning munosabatlari ularga xayot saboqlari va do‘stona munosabatda maslakdosh xamda maslaxatchi sifatida bo‘lishi, qiz bolaning kasb tanlashida onaning roli xaqida psixolog va mutaxassislar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish nazarda tutiladi.

“Tanlagan kasbim-mening faxrim” mavzusida maktabimizda o‘tkazilgan  davra suhbatida ishtirok etish uchun tuman xokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot”YOIX tuman kengashi, “Maxalla”xayriya jamgarmasi, “Nuroniy” jamgarmasi, tuman IIB, tuman prokuraturasi, tuman Soglikni saqlash bulimi, tuman mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish bo‘limi, tuman soliq qo‘mitasi, xududdagi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta'limi muassasalari, tadbirkorlar xamda turli soxalarda faoliyat yuritayotgan ayollarga taklifnomalar berildi.Xududdagi o‘rta maxsus kasb xunar ta'limi muassasalari bilan birgalikda kasb xunar kollejini tamomlab xozirgi kunda egalalan kasbi bilan shugullanayotgan sobiq (qiz bolalar) bitiruvchilar xam taklif etildi. Tadbirni maktab psixologi Sh. Jasekenova olib bordi. Tadbir olib boruvchi tomonidan mavzuga mos so‘zlar bilan ochildi. So‘ngra so‘z maktab direktoriga berildi, Direktor O‘zbekiston Respublikasining Konstututsiyasining 64-moddasiga binoan ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetkunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligini xamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqib, yurtimizda tashkil etilgan o‘n ikki yillik ta'lim tizimining imkoniyatlari to‘grisida atroflicha ma'lumot berdi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri majburiy 9- yillik umumiy o‘rta xamda uch yillik o‘rta maxsus kasb xunar ta'limining joriy etilishi, bu esa umumiy ta'lim dasturidan o‘rta maxsus kasb xunar ta'limi dasturlariga izchil o‘tishni ta'minlashi haqida aytib o‘tdi. Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tomonidan ishtirok etayotgan vakil yoki maktab direktori 9- sinf bitiruvchilarini AL va KXKlariga qabul qilishning tartibi bilan tanishtiradi.Shu bilan bir qatorda xududdagi mavjud AL yo‘nalishlari, kasb xunar kollejlaridagi qiz bolalar uchun mavjud kasblar xaqida ma'lumotlar bilan tanishtiradi. Tadbirga taklif etilgan tadbirkor, fermerlar va o‘z mexnati, kasbi orqali  obru e'tiborga ega bo‘lgan insonlar va xududdagi o‘rta maxsus kasb xunar ta'limi muassasalari direktorlariga so‘z berildi.

            Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Ota-onalar farzandlari bilan birgalikda kasb tanlashlari, ularni erta turmush qurishining salbiy oqibatlari xaqida tushunchalarini singdirish, qiz bolalarninig kasb tanlashlari, uning baxtli yashashi imkoniyatlarini yaratishi, oilada farzand tarbiyasida farzandlari tomonidan minglab savollarga javob berishga majbur bo‘lganida bilim va ma'lumotlar manbaiga ega bo‘lishida oilada onalarning roli katta ekanligi xamda ota-onalar davlatimiz oldidagi konstitutsion burchlarini bajarishlari lozimligini anglatishdan iborat.

 

Sh. Jasekenova, 13-sonli umumta`lim o`rta maktabi amaliyotchi psixologi

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

“O’zbek ishi” Osmon baravar plan berdilar. -Bajarasan!-dedilar. -Bajarolmayman,-dedi. -Bajarasan!!- dedilar. - Bajarmayman!!-dedi. -Qamalasan!!!-dedilar. Bajardi… Bola-chaqasi ko’p edi… Orden berdilar... Planni oshirib bajargani uchun... Keyin… qamadilar… Qo’shib yozgani uchun… Bola-chaqasi ko’p edi…

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?