AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

KADRLAR BO‘YICHA INSPEKTOR LAVOZIM MAJBURIYATLARI

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA:  bo‘lim tasarrufidagi o‘quv-tarbiya muassasalarining pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash borasidagi ishlarni ta'minlaydi;

 bo‘lim tasarrufidagi boshqaruv lavozimlari ro‘yxatiga olingan rahbar kadrlarni tanlash, o‘rganish, istiqbolli va amaldagi kadrlar zahirasini shakllantirish masalalarini amalga oshiradi;

rahbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishga oid ishlarni muvofiqlashtiradi, boshqarma va vazirlikning hisob-nazorat nomenklaturasida bo‘lgan lavozimlarga nomzodlarni kiritish bo‘yicha bo‘lim mudiriga takliflar kiritadi.

ta'lim muassasalarida kadrlar bilan ishlash ahvoli haqida bo‘limning Kengash qarori, buyruqlar, me'yoriy hujjatlar, tahliliy ma'lumotlar, bildirishnomalar tayyorlaydi;

ta'lim muassasalarini pedagog kadrlar bilan  ta'minlash bo‘yicha, xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini jalb etish yuzasidagi ishlarni amalga oshiradi;

umumta'lim maktablari pedagog xodimlarining soni va tarkibi bo‘yicha (3-DSH) hisobotlarni yig‘adi, umumlashtiradi va hududiy xalq ta'limi boshqarmasi hamda statistika tashkilotlariga taqdim etadi;

pedagogik kadrlar qo‘nimsizligi bo‘yicha ma'lumotlarni yig‘adi, o‘rganadi va tegishli ma'lumotnomalar tayyorlaydi;

yosh mutaxassislarni kelajakda ish bilan ta'minlash maqsadida, ularni ta'lim muassasalariga yo‘naltirilgan taqsimotiga binoan o‘z ish joylariga qabul qilinishini ta'minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va vazirlikning tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash hujjatlarini tayyorlaydi hamda o‘rnatilgan tartib asosida mahalliy hokimiyat tavsiyasiga ko‘ra hududiy xalq ta'limi boshqarmasiga taqdim etishni ta'minlaydi;.

mukofotlar hisobini olib boradi va mukofotlarni belgilangan tartibda topshirilishini ta'minlaydi;

joylarda mehnat qonunchiligining amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha ta'lim muassasalari rahbarlari bilan maslahat, o‘quvlar, seminarlar o‘tkazadi;

fuqarolarning arizalari va murojaatlarida ko‘rsatilgan masalalarni hal etish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi.

harbiy xizmat yoshidagi xodimlarning o‘rnini band qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishini ta'minlaydi; 

bo‘lim nomenklaturasiga kiruvchi hujjatlar yig‘ma jildlarining yuritilishini ta'minlaydi;

xodimlarning shaxsiy tarkibi bo‘yicha buyruqlarini tayyorlaydi va ularning belgilangan tartibda saqlanishiga javobgardir.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.


Sana: 2013-03-17


Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Xonadoningizda keksa odam bormi? Baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to’yib ketsangiz shularni ziyorat qiling: hayot abadiy emasligini o’ylab, taskin topasiz. Xonadoningizda go’dak bormi? Siz ham baxtli ekansiz... dunyo tashvishlaridan to’yib ketsangiz, go’dakni bag’ringizga bosing: hayot abadiy ekanini o’ylab, taskin topasiz...

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?