AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Barkamol avlod markazi

Mustaqillik  tufayli  farzandlarimizning  barkamol  avlod  bo‘lib  kamolga  yetishlari  uchun  har  tomonlama  sharoit  yaratilmoqda.   Ularni  Vatan  va  millat  manfati  yo‘lida  fidoiylik  ko‘rsata  oladigan  qilib  tarbiyalash  masalasi  davlat  siyosatining  eng  ustuvor  masalalaridan  biri  sifatida  qaralmoqda.  O‘zbekiston   Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  2011  yil 28  fevraldagi  50-sonli   “Maktabdan  tashqari  ta'lim   tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori  asosida  respubikamizdagi  barcha  tumanlarda   “Barkamol  avlod”  bolalar  markazi  tashkil  etilganligi  fikrimiz  dalilidir.

Tumanimizda  ham  mazkur  qaror  asosida  2011  yildan  boshlab  “Barkamol  avlod”  bolalar  markazi  faoliyat  olib  bormoqda.  Markaz   bolalarning  extiyojlari  va  qiziqishlariga  muvofiq  ularning  ijodiy  va  badiiy  qobiliyatini   rivojlantirish,  foydali  dam  olishini  ta'minlash,  jonajon  o‘lka  tarixini  o‘rganish,  mexnatsevarlikni,  kasb  tayyorgarligining  dastlabki  o‘quv  va  ko‘nikmalarini  singdirish,  o‘quvchilarning  qiziqishlariga    ko‘ra  boshlang‘ich  kasb -hunar  sirlarini  puxta  egallashlari  va  ta'limning  keyingi  bosqichini  to‘g‘ri  tanlashlariga  ko‘maklashish  hamda  ijodiy  mehnat  qilishlariga  shart-sharoit  yaratish  texnik  ijodkorlik,  badiiy  ijodiyot,  o‘lkashunoslik  va  ekologiya   yo‘nalishlaridagi  turli  xil  to‘garaklar  orqali  amalga  oshiriladi.

Markazimizda  tarbiyaviy ishlar  tizimi  samaradorligini  oshirishning  yangicha  shakllarini  targ‘ib  qilish  borasida  bir  qancha  ishlar  amalga  oshirilmoqda.   Bu  ishlar  markaz   pedagog  xodimlarini  birlashtiruvchi  uslubiy  kengash  orqali  olib  boriladi.  Uslubiy  kengash  a'zolari    to‘garaklar faoliyatini  nazorat  qilib  boradilar  hamda amaliy  yordam  beradilar.

          Yakunlangan  o‘quv  yilida  o‘quvchilarning  yozgi  ta'tilini  ko‘ngilli  o‘tkazishini  tashkil etish  bo‘yicha  bir  qancha  ishlar  amalga  oshirildi.  Har  bir  to‘garak  bo‘yicha  ko‘rgazmalar  tashkil  etildi.

          Markazimizda  ta'lim  olgan  o‘quvchilarga “ Maktabdan  tashqari ta'lim haqida  guvohnomalarni  o‘quv  yili  yakunida  tantanali  ravishda  topshrish  yo‘lga  qo‘yildi.

 Markazimizda  tashkil  etilgan   30  ta  to‘garaklarda  804  nafar  bolalar  bilan  ana  shu  asosda  ish  olib  borilmoqda.  O‘quvchilarimiz  orasida  Vatanimiz  tarixi, taqdiri  va  istiqboli  bilan  chin  dildan  qiziqadigan,  haqiqiy  ijodkor  bo‘lgan  yoshlarimiz  borligi  bizni  quvontirdi.  Yosh  musavvir    Abror  Xaytboyev  yaratgan    rasmlarda  ona  Vatanimiz  tabiat  manzaralari,  odamlari  ularning     mehnat  qilish,  yaratish  yo‘lidagi  bunyodkorlik  ishlari  aks   etgan  bo‘lsa,    ilk  kitoblari  tengdoshlari  qo‘liga  yetib  borgan   shoira  qizlarimiz    Nazokat  Atajanova  va   Asaloy  O‘razboyevalarning  ijodida  esa  elu  yurtga  bo‘lgan  muxabbat,  hayotga  o‘zgacha  qarash  va  yaxshilikka  intilish  tuyg‘ulari  mujassamdir.   Eng  quvonarlisi,   Sa'natbek   Olloyorov   va  Diyorbek  Ortiqovlar    bu  yilgi  tumanimizda  o‘tkaziladigan  mustaqillik  bayramida  o‘zlarining  birinchi  qo‘shiqlari  bilan  ishtirok  etdilar.

       Mashhur  ajdodlarimizdan  biri  Abdulla  Avloniy  o‘zining  “Turkiy  guliston  yoxud  axloq”  asarida  “Axloqimiz  binosining  go‘zal  va  chiroyli  bo‘lishida  tarbiyaning  zo‘r  ta'siri  bordir”  deb  bejiz   takidlamaganlar. Haqiqatdan  ham   farzandlarimiz  bilan  do‘stlarcha  samimiy  munosabatda  bo‘lsak,  ularni  ham  tinglay  olsak,  orzu-havas,  qiziqish  va  intilishlariga  quloq  solsak  ularning  ziyrak,  teran    fikrlaydigan,  har  bir  ishga  ma'suliyat  bilan  yondashadigan  inson  bo‘lib  voyaga  yetishlariga  ko‘maklashgan  bo‘lamiz.

       Markazimiz  tomonidan  1-6  iyul  kunlari  “Barkamol  avlod”  haftaligi  o‘tkazildi.  Haftalik  davomida  ota-onalar,  yoshlar  tumanimizdagi  yozgi  dam  olish  oromgoxlarida,  maktablardagi  to‘garaklarimiz  a'zolarining   faoliyati  bilan  yaqindan  tanishdi.

     Haftalik  yakuni shaxrimizdagi  istiroxat  bog‘ida “Qadr-qimmatim,  tayanchim  va iftixorimsan,  mustaqil  O‘zbekiston”  shiori  ostida  “Biz  baxtiyor,  barkamol avlod”  deb   nomlangan   katta  bayram  sifatida  o‘tkazildi.  Tadbirda  haftalikning  eng  faol  ishtirokchisi  bo‘lgan  to‘garak  raxbarlari  va  o‘quvchilar  taqdirlandi.

      Shu  yilning  iyun  oyida  markazimizda  “Gimnastika”  to‘garagi  tashkil  etishga muvaffaq  bo‘ldik.  Oliy  ma'lumotli  gimnastikachi  Martaba  Namatullayeva  35  nafar  qizlarga  nafosat  va  go‘zallik  ramzi  bo‘lgan  gimnastika  sirlarini  o‘rgatmoqda.

2013-2014   o‘quv  yilini  boshlash  maqsadida  shu  yil  16-sentyabr kuni  markazimiz  jamoasi   tomonidan  “Ochiq  eshiklar  kuni”  o‘tkazildi.  To‘garak  a'zolarining  faoliyati  bilan  qiziqqan  ota-onalar  o‘z   farzandlarining  mehnati  samarasidan  qoniqish  hosil  qildilar.

        “Barkamol   avlod”  bolalar  markazi  yaqin  kunlar  ichida  “Olmazor”  maxallasidagi  yangi  binoga  ko‘chib  o‘tishi  rejalashtirilmoqda.  Bu  bilan   markazimiz  faoliyatini  yanada  yaxshilash,  o‘quvchilarning  bo‘sh  vaqtlarini  to‘g‘ri  tashkil  etishlariga  ko‘maklashish  ularda  maxnatsevarlik, ezgulik,  mehr-shafqat  kabi  fazilatlarni  shakillantirish,  tarixiy va  madaniy  qadriyatlarga,  xurmat,  atrof-muxitga  extiyotkorlik  bilan  munosabatda  bo‘lishni  yoshlarimiz  ongiga  singdirish,  kasb-xunar  sirlarini  o‘rgatish  uchun  imkoniyatimiz  yanada  kengayadi. So‘lim  va  bahavo  joydagi   bu  chiroyli  maskanni  kelajagimiz  bo‘lgan  barkamol  avlodga  tuhfa  qilayotgan  tumanimiz  rahbariyatiga,  qo‘li  gul  quruvchilarimizga   cheksiz  minnatdorchilik  bildiramiz.

      Prezidentimiz  “Farzandlarimizga  nafaqat  ishonch  bildirish,  balki  ularga  o‘zini  amalda  namoyon  etishi  uchun  maydonni  kengaytirish  kerak”  deb  ta'kidlaganlar.   Maqsadimiz,  markazimizni  bolalarning  kasb-hunarga  bo‘lgan  qiziqishlarini  qo‘llab-quvvatlaydigan  va  ro‘yobga  chiqishiga   ko‘maklashadigan  sevimli  maskanga  aylantirishdir.      

 

Xonimjon  Rajabova

“Barkamol  avlod”  bolalar  markazi  direktori.

 

 


Sana: 2013-09-16


Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Ketmas boylik> Menda bir so’m bor. Sizda ham bir so’m bor... Men sizga o’zimning pulimni berdim. Siz ham menga o’zingizning pulingizni berdingiz… Hech nima o’zgarmadi. Sizda ham bir so’m pul qoldi, menda ham... ... Menda yangi bir fikr bor. Sizda ham yangi fikr bor... Men sizga yangi fikrimni aytdim. Siz ham menga yangi fikringizni aytdingiz… Sizda ham ikkita fikr paydo bo’ldi, menda ham… Esli odam pul almashmaydi. Fikr almashadi.

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?