AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKASINI METODIK TA'MINLASH KICHIK GURUHI

O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va pedagogik psixologik diagnostikasini metodik ta'minlash kichik guruhi rahbari lavozim majburiyatlari

 

 ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: sho‘'ba faoliyatini unga amaldagi qonun hujjatlarida taqdim etilgan huquqlarga muvofiq tashkil etadi, umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

sho‘'ba ish rejasini, shu jumladan, ta'lim muassasalari va boshqa muassasalar bilan shartnomalar, shuningdek, barcha mulk shaklidagi korxona, tashkilotlar bilan shartnomalar asosida rejalashtirilgan va bajariladigan ish rejalarini tuzadi;

umumta'lim muassasalarida kasbga yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradigan o‘qituvchi va psixologlarning o‘quvchilarni kasb va mutaxassisliklarning zamonaviy turlari bilan: «insonga - professionalga» qo‘yiladigan ularning talablari: kasbiy ta'lim shakllari va shartlari, professional karyera istiqbollari bilan tanishtirish ishlarini amalga oshiriladi;

o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari mutaxassisliklari va tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirish bilimlari va kasb-hunar ma'rifati targ‘ibotini amalga oshiradi.

umumta'lim maktablari kasbga yo‘naltirish xonalarini axborot, ma'lumotnoma, professiografik, tashxislash (anketa, test, metodika, so‘rovnomalar) va boshqa materiallar bilan jihozlashda metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;

o‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha bandlik xizmatlari, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'lim muassasalari, sog‘liqni sag‘lash va madaniyat organlari, korxona va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

ekskursiyalar va ma'ruzalar o‘tkazish, turli kasb vakillari bilan uchrashuv, suhbatlarni tashkil etishda maktab rahbarlariga amaliy yordam ko‘rsatadi;

umumta'lim maktablari o‘quvchilarini uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan metodik seminarlarni tuman, shahar miqyosida tashkil qiladi va o‘tkazadi;

o‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasalari bilan birgalikda «Ochiq eshiklar kuni», «Kasblar festivali» kasbga yo‘naltirish tadbirlarini o‘tkazilishini ta'minlaydi;

sho‘'ba faoliyatini va xalq ta'limi muassasalarida o‘tkaziladigan kasbga yo‘naltirish tadbirlarini, davlat va mehnat jamoasi oldida ularning natijasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

 

 

O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va pedagogik psixologik diagnostikasini metodik ta'minlash kichik guruhi psixologi

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: umumta'lim maktablari o‘quvchilari bilan uzluksiz kasbga yo‘naltirish vazifalari bilan bog‘liq (1- 9 -sinflar) psixologik-pedagogik tashxis va korreksion ishlar bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishni ta'minlaydi;

6-7 yoshli bolalarni maktabning 1-sinfiga saralash komissiyasi faoliyatida ishtirok etadi. Bolalarni diagnostik tekshirishni o‘tkazadi, ularning maktabda o‘qish va moslashishga psixologik tayyorgarligini aniqlaydi, tegishli xulosani rasmiylashtiradi va ota-onalarga tavsiyalar beradi;

turli yoshdagi iqtidorli va salohiyatli bolalarni aniqlash tadbirlarini o‘tkazadi, ularni saralash va xalq ta'limi tizimining ixtisoslashtirilgan maktablariga qabul qilish komissiyasi faoliyatida ishtirok etadi;

o‘quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari va kasbiy maqsadlarini namoyon qilish: «o‘quvchilarni psixologik-pedagogik tashxislash daftari»ni yuritish: umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilariga tavsiyanoma berish bo‘yicha maktab psixologlariga metodik yordam beradi; 

9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yo‘naltirish va qabul qilish hududiy komissiyalari faoliyatida ishtirok etadi va ma'sul hisoblanadi;

o‘quvchilar, ularning ota-onalari, shuningdek, o‘qituvchilarga ta'lim va maktabda o‘zlashtirmaslik: «Og‘ir» xulqli bolalar va o‘smirlarning «deviant» xulqi muammolari bilan bog‘liq psixologik maslahat tadbirlarini o‘tkazadi;

umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalari (tuman, shahar) psixologlarining O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimida ijtimoiy-psixologik xizmat to‘g‘risida Nizom bilan tasdiqlangan funksional vazifalariga oid faoliyatini olib borilishini ta'minlaydi;

o‘quvchilarning aqliy va idrokiy hamda shaxs sifatida rivojlanishini psixologik-pedagogik tashxislash va korreksiyalashning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan metodik seminarlar, guruhlarda psixologik treninglar o‘tkazadi;

amaliyotda o‘quvchilarni psixologik-pedagogik tashxislash metodikalaridan (anketalar, psixologik testlar, shaxsiy so‘rovnomalar va h.k.) to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha olingan natijalarning maxfiyligi yuzasidan javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. 

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

        

 

O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va pedagogik psixologik diagnostikasini metodik ta'minlash kichik guruhi defektologi

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: vrach va psixolog bilan birgalikda                14 yoshgacha bo‘lgan ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni aniqlaydi;

nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar beradi;

rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va o‘smirlar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini ta'minlaydi;

yuqori tashkilotlarga o‘rta-maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida rivojlanishida nuqsoni bor bitiruvchilar uchun maxsus guruhlar ochish taklifini kiritadi;

jismoniy va psixologik rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ota-onalariga ularning keyingi turmush tarzini belgilash, sog‘ligini tiklash, o‘qitish, ularni kasbiy qiziqishlari bo‘yicha ishga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi;

ta'lim muassasalarida kam ta'minlangan bolalar ro‘yxatini shakllantiradi, tegishli hisobotlar tayyorlaydi;

 ularga beriladigan qishki kiyim bosh va boshqada moddiy yordamlar tarqatilishini ta'minlaydi, belgilangan tartibda nazorat qiladi hamda zarur hisobotlarni tegishli tashkilotlarga taqdim qiladi;

ta'lim muassasalarida yakka tartibda ta'lim oladigan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantiradi, zarur hisobotlar tayyorlaydi va tegishli tashkilotlarga taqdim qilib boradi;

zarur hollarda jismoniy va psixologik rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni tegishli tashxis qo‘yish uchun tuman tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasiga yo‘naltiradi.

 

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

         tuman XTMFMTTEB tizimidagi o‘quv-tarbiya muassasalarida xotin-qizlar qo‘mitasi ishlarini muvofiqlashtirib boradi, tegishli hisobotlar va tahlillar tayyorlaydi va aloqador tashkilotlarga hisobotlar taqdim qiladi.

         bo‘limda boshlang‘ich kasaba uyushmasi ishini boshqaradi, tegishli tadbirlarni amalga oshiradi.

 

 

O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va pedagogik psixologik diagnostikasini metodik ta'minlash kichik guruhi vrachi

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: mahalliy sharoitni, shuningdek, bolalar va o‘quvchilarning salomatligini hisobga olib, yillik tibbiy xizmat ko‘rsatish rejasini tuzadi va uni tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan kelishadi;

sog‘liqni saqlash, xalq ta'limi bo‘limlari va maktablar ma'muriyatlari bilan tuman (shahar) maktablarini tibbiyot xodimlari (maktab vrachi, hamshira, stomatolog) bilan ta'minlashda hamkorlik qiladi;

maktablar tibbiyot va sanitar xizmatlari samaradorligini oshirishda amaliy va metodik yordam ko‘rsatadi;

jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni aniqlaydi, ularning sog‘lomlashtirilishini tashkil qiladi hamda zaruriyat bo‘lganda ularni yakuniy tashxis qo‘yish uchun tuman tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasiga jo‘natadi;

olti yoshli bolalarning tibbiy ko‘rigini tashkil qiladi, komissiya ishida butun ko‘rik davomida ishtirok etadi, uning faoliyatini tahlil qilib, yakuniy hisobotni taqdim etadi;

aqliy va jismoniy kamchiliklarga ega bolalar tug‘ilishining oldini olish bo‘yicha ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazadi;

ommaviy axborot vositalari orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarini ta'minlaydi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.


Sana: 2013-03-26