AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

DAVLAT TA'LIM STANDARTLARIGA RIOYA ETISH MONITORINGINI METODIK TA'MINLASH KICHIK GURUHI

Davlat ta'lim standartlariga rioya etish monitoringini metodik ta'minlash kichik guruhi rahbari lavozim majbiruyatlari

 


ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: guruhga umumiy rahbarlik qiladi, guruhga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

guruhning yillik ish rejasini, ta'lim muassasalari monitoringi reja-jadvali va dasturini tuzadi hamda ijrosini ta'minlaydi;

ta'lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini yaxshilash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoringini olib boradi;

monitoring jarayonini tashkil etish va o‘tkazishga hududiy malaka oshirish institutining o‘qituvchilari, metodika markazlari va kabinetlari metodistlari, tajribali amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat jamoatchi ekspertlarni jalb etadi;

metodik xizmat xodimlari, o‘qituvchilar bilan birga nazorat materiallari bankini shakllantiradi, sinflar, fanlar va  mavzular kesimida tayyorlangan ushbu materiallarni muntazam to‘ldirib boradi;

metodik xizmat xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish masalalari bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi;

tuman tayanch ta'lim muassasalari negizida ta'lim sifatini monitoring qilish va uni takomillashtirish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish tadbirlarini o‘tkazish, ta'lim sifatini yaxshilash masalalari bo‘yicha seminar va konferensiyalar o‘tkazadi;

umumta'lim maktablarida o‘quvchilarning bilimlarining Davlat ta'lim standartlari talablariga, bolalar maktabgacha va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida davlat talablariga mosligini monitoring qilish tadbirlarini tashkil etish, monitoring o‘tkazish materiallari va dasturini tayyorlash ishlarini ta'minlaydi;

monitoring o‘tkazish jarayoniga, monitoring natijalari xolisligi uchun shaxsan javobgar;

har chorak yakunlari bo‘yicha umumta'lim maktablari o‘quvchilari bilimlarining Davlat ta'lim standartlari talablariga mosligi yuzasidan monitoring natijalarini hududiy xalq ta'limi boshqarmasiga taqdim etadi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA: O‘zR XTV ning YUNISEF Bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab dasturining tuman umumta'lim maktablarida joriy qilinishi monitoringi olib borilishini tashkil qiladi;

         o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

 

Davlat ta'lim standartlariga rioya etish monitoringini metodik ta'minlash kichik guruhi mutaxassisi

 


ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: Bo‘limning maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari faoliyati monitoring bo‘yicha ishlarini rejalashtiradi va amalga oshiradi.

guruh rahbari bilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarini yillik monitoring qilish reja-jadvali va dasturini ishlab chiqadi;

maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablari faoliyatini monitoring qilish materiallari va dasturini tayyorlaydi, o‘tkazilgan monitoring natijalarini qayta ishlaydi, ularni umumlashtiradi va tahlil qiladi;

maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarida o‘tkazilgan monitoring natijalari asosida ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;

Davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlari va davlat talablari tajriba-sinovi ishlari bo‘yicha tajriba maydonlari faoliyati monitoringini tashkillashtirilishini ta'minlaydi;

ta'lim sifati monitoringi bo‘yicha tayanch ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil qiladi. Ularning negizida ilg‘or tajribalar almashish, yangi pedagogik, axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar o‘tkazadi, ulardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanishni ta'minlaydi;

tayanch ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etishga metodik yordam ko‘rsatadi, tuman metodistlari bilan hamkorlikda o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha metodik materiallar tayyorlaydi;

ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish yuzasidan  pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalar fikrlarini inobatga olgan holda takliflar tayyorlaydi va bo‘lim rahbariyatiga taqdim etadi;

kasb mahorati, sinfdan tashqari va tarbiyaviy ishlari uchun ustama oladigan pedagoglar faoliyati monitoringini amalga oshiradi.

o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha bo‘lim kengashiga materiallar tayyorlaydi.

bo‘limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha ta'lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi, zarur hisobotlar tayyorlaydi, tegishli tashkilotlarga ularoni o‘z vaqtida taqdim qilishini amalga oshiradi;

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

Davlat ta'lim standartlariga rioya etish monitoringini metodik ta'minlash kichik guruhi mutaxassisi

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: maktablarda darslikka bo‘lgan talab-ehtiyojni o‘rganadi, maktablar tomonidan taqdim etilgan darsliklarga bo‘lgan buyurtmalarni tahlil etadi va ularni tuman miqyosida umumlashtirib, hududiy xalq ta'limi boshqarmasiga taqdim etadi.

darsliklar va metodik qo‘llanmalarni qabul qilish bo‘yicha maktab komissiyalarining yangi o‘quv yiliga darsliklarni qabul qilishni tashkillashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi, ta'lim muassasalariga yangi o‘quv yili uchun keltirilgan darsliklarni qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini amalga oshradi; 

o‘quvchilarning darsliklar bilan ta'minlashning ijara tizimi faoliyati uchun mas'ul hisoblanadi. Mazkur masalalarga oid normativ hujjatlar ijrosi ta'minlanishini, tumandagi kutubxonalar faoliyati ishlariga amaliy yordam berishni ta'minlaydi; 

darsliklar bilan ta'minlashda ortgan va yetishmagan kitoblar sonini aniqlaydi,         maktablar o‘rtasida darsliklar zahirasini qayta taqsimlashni tashkil etadi;

darsliklar ijarasi uchun to‘lanadigan mablag‘larning o‘z vaqtida yig‘ilishini ta'minlaydi;   

bo‘limning maktabdan tashqari ta'lim muassasalari faoliyati monitoringini amalga oshradi;.

maktabdan tashqari ta'lim muassasalari faoliyati yillik monitoringi dasturini ishlab chiqadi;

tayanch maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining ta'lim sifati bo‘yicha monitoringini tashkillashtiradi ularning negizida tajriba almashinish bo‘yicha seminar, konferensiya, uchrashuvlar o‘tkazadi, ularga metodik yordam ko‘rsatadi, tuman metodistlari bilan birgalikda metodik tavsiyalar tayyorlaydi.

o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra bo‘lim kengashiga materiallar tayyorlaydi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.


Sana: 2013-03-22


Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Kimdir senga juda zarur: rosa telefon qilyapsan. Ko’tarmayapdi. Atayin ko’tarmayotganini ham yaxshi bilasan. Lekin baribir telefon qilaverasan: jahling chiqadi! Shu payt telefoning jiringlab qoldi. Qaraysan: keraksiz inson. Ko’tarmaysan. Ancha telefon qildi bechora…

Xushnudbek Xudayberdiyev

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?