AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Ta'lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini metodik-ta'minlash kichik guruhi metodistlari lavozim majburiyatlari

Maktabgacha ta'lim muassasalari metodisti

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: Joriy va istiqbol faoliyat rejalarini ishlab chiqadi va uning bajarilishini amalga oshiradi.

idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar maktabgacha ta'lim muassasasining dasturlari, zaruriy o‘quv-metodik hujjatlarini ishlab chiqishni ta'minlaydi;

ta'lim-tarbiya jarayoni sifatini, natijasini xolisona baholaydi. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari pedagog mutaxassislari va tarbiyachilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ishlarini amalga oshradi;

pedagog xodimlarga innovatsion dastur va texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqishda metodik yordam ko‘rsatadi, ularning malakasi va kasbiy mahoratini oshirishni ta'minlaydi;

maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga mosligini o‘rganadi va davlat talablarini bajarilishini ta'minlash bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi;

maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini ta'minlaydi;

muassasa rahbar va mutaxassislarining ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi, ularni ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

metodik qo‘llanmalarning yaratilishida mualliflarga metodik yordam ko‘rsatadi;

pedagog xodimlarning metodik kengash, birlashma ishini tashkillashtiradi, turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha kerakli hujjatlar ishlab chiqishni ta'minlaydi;

pedagoglarni ta'lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta'minlanishida metodik yordam beradi, ulardan foydalanishni ta'minlaydi;

maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklarni muassasalarga yetib borishini ta'minlaydi.

muassasa pedagoglari va boshqa xodimlarining attestatsiyadan o‘tish jarayonida metodik yordam berishni ta'minlaydi;

muassasa pedagoglarining malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini amalga oshiradi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA: maktabgacha ta'lim muassasalarida turli xil ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishiga boshchilik qiladi;

         o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

 

 

Boshlang‘ich ta'lim metodisti

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining boshlang‘ich ta'lim metodbirlashmasi ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta'minlaydi;

o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta'minlanishida yordam beradi, ulardan foydalanishni ta'minlaydi;

o‘quvchilar bilim darajasi (oraliq, bosqichli nazorat va yakuniy attestatsiya) natijalarini o‘rganib tahlil qiladi, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi;

 o‘qituvchilarga ilg‘or ish tajribalarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashishga  imkoniyat yaratadi, ilg‘or tajribalarni aniqlaydi, o‘rganadi, umumlashtiradi va ommalashtirishni ta'minlaydi;

yosh mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha “Ustoz-shogird” maktablaridan foydalanishni ta'minlaydi;

fanlar kesimida amaliy-uslubiy yordamlar beradi, dolzarb masalalar bo‘yicha davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazadi, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etadi;

maktab o‘qituvchilari darslariga kiradi, tahlil qiladi va metodik yordam ko‘rsatadi;

turli ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘qituvchilarni ma'ruzalar bilan ishtirokini ta'minlaydi;

ilg‘or tajriba maktabi ishini targ‘ib qilishda metodbirlashmalar, metod kengash yig‘ilishlari va ilmiy-metodik seminarlarni tashkil qiladi;

boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari to‘g‘risida ma'lumotlar bankini yaratadi va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini ta'minlaydi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA: ta'lim muassasalarida fuqaro muhofazasi fanining o‘qitilishini nazorat qiladi, tuman mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi bilan hamkorlikda ish olib boradi, zarur ko‘rsatma va topshiriqlarning tegishli ta'lim muassasalarida ijro qilinishini ta'minlaydi;

mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda ish olib boradi, turli xil ko‘rik-tanlovlar va uchrashuvlarning tashkil qilinishiga boshchilik qiladi.

         o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

Hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlashga mas'ul xodim

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qarori, 2009 yil 28 avgustdagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish to‘g‘risidagi” 11-10-sonli Tartibiga muvofiq Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb yuritiladi) va tasarrufidagi ta'lim muassasalari tizimida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etadi, ijro intizomi monitoringini olib boradi va ularning ijrosini ta'minlaydi.

Vazirlar Mahkamasining 11-10-sonli Tartibiga muvofiq Bo‘lim tasarrufidagi ta'lim muassasalarining 1-, 2-jadvallar bo‘yicha har oylik hisobotlarini umumlashtiradi, tahlil qiladi va hududiy xalq ta'limi boshqarmasiga har oy yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etib boradi.

ijro intizomining joriy (har kunlik), haftalik va har oylik tahlilini olib boradi;

hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga qo‘yilishi, ularning bajarilishini kuzatib borishni, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini yakunlashni ta'minlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining ma'lumotlar bazasini yuritadi.

tasarrufidagi ta'lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash holatini o‘rganadi, ularning natijalari bo‘yicha hujjatlarni tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;

yuqori tashkilotlar va idoralardan Bo‘limga kelib tushgan xat-hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qiladi, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi va nazorat varaqasini yuritadi hamda Bo‘lim rahbariyati, uning tarkibiy bo‘linmalariga yetkazadi va hujjat ijrosi ta'minlangunga qadar nazoratini olib boradi;

bo‘limga kelib tushgan xat, arizalar bo‘yicha chorak, yarim yillik, yillik taxliliy ma'lumotlarni tayyorlaydi;

tarkibidagi bo‘linmalar tomonidan ijro etilgan yuqori tashkilot hujjatlari, fuqarolarning xat, ariza va shikoyatlarini qabul qilib, Bo‘lim mudiri ko‘rsatmasi bilan nazoratdan chiqarishni tashkil etadi;

bo‘lim hujjatlari uchun mo‘ljallangan blankalar ro‘yxatini qat'iy nazorat bilan yuritib boradi;

bo‘lim rahbariyati va tarkibidagi bo‘linmalar tomonidan tasdiqlangan jadval asosida fuqarolar qabulini tashkil etadi hamda og‘zaki murojaatlari bo‘yicha tegishli axborotlarni tayyorlaydi;

bo‘lim va tasarrufidagi ta'lim muassasalari faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishini, hisobga olinishini, saqlanishini, ishlanish sifatini va ushbu hujjatlarni o‘z  vaqtida hududiy davlat arxiviga topshirishni ta'minlaydi;

o‘ziga yuklatilgan boshqa vazifalarni Bo‘lim mudiri va o‘rinbosari ko‘rsatmasi asosida ijro etadi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

 

 Tabiiy fanlar (kimyo, fizika, biologiya, geografiya) metodisti, Ta'lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini

metodik-ta'minlash kichik guruhi mas'ul xodimi

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: tabiiy fanlarning  o‘qitilishi bo‘yicha metod birlashmalar va metodik kengashlar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta'minlaydi;

o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy attestatsiya natijalarini o‘rganib tahlil qiladi, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi, ta'lim muassasalariga yetkazadi;

o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta'minlanishida, ulardan foydalanishni amalga oshiradi;

mazkur fanlar bo‘yicha metodik ishlarni muvofiqlashtiradi, turli sinovlar natijalarini tahlil qiladi, yangi o‘quv metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlaydi. Yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazadi;

o‘qituvchilarning dars jarayonida laboratoriya, amaliy  mashg‘ulotlarni o‘tkazishi va jihozlarning saqlanishi, ulardan samarali foydalanishni nazorat qiladi va bu borada metodik yordam ko‘rsatadi;

Davlat ta'lim standartlari va o‘quv dasturlari tajriba sinovi ishlari bo‘yicha tajriba maydonlari faoliyatiga amaliy metodik yordam ko‘rsatadi;

ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga va sifatini oshirishga oid turli anjuman, ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quvlar ko‘rik-tanlovlar (eng yaxshi dars ishlanmasi, eng yaxshi fan xonasi va boshqalar), Avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yig‘ilishlarini tashkillashtiradi, o‘tkazilishini ta'minlaydi;

fanlar bo‘yicha maktab va tuman (shahar) bellashuvlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi, natijasini tahlil qiladi hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqadi;

 “Ustoz-shogird” tizimi asosida fan o‘qituvchilarining malakasini oshirishga metodik va amaliy yordam beradi;

mazkur fan o‘qituvchilari to‘g‘risida ma'lumotlar bankini yaratadi va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini ta'minlaydi..

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA: o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

Aniq fanlar (matematika,  informatika, chizmachilik, tasviriy san'at) metodisti

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: aniq fanlarning  o‘qitilishi bo‘yicha metod birlashmalar va metodik kengashlar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta'minlaydi;

o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy attestatsiya natijalarini tahlil qiladi, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi, ta'lim muassasalariga yetkazadi;

o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta'minlanishida yordam beradi, ulardan foydalanishni tashkil etadi;

mazkur fanlar bo‘yicha metodik ishlarni muvofiqlashtiradi, turli sinovlar natijalarini tahlil qiladi, yangi o‘quv-metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlaydi. Yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazadi;

o‘qituvchilarning dars jarayonida,  amaliy  mashg‘ulotlarni o‘tkazishda  jihozlarning saqlanishi, ulardan samarali foydalanishni nazorat qiladi va bu borada metodik yordam ko‘rsatadi;

o‘qituvchilarning kompyuterdan foydalanish malakalarini tahlil qiladi va ularga o‘quvlar tashkil etadi, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishni ta'minlaydi;

tuman tayanch ta'lim muassasalari negizida aniq fanlarning o‘qitilish  sifatini oshirish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga oid seminar va konferensiyalar o‘tkazilishini ta'minlaydi;

ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga, mazkur fanlarning o‘qitilishi sifatini oshirishga oid turli anjuman, ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quvlar ko‘rik-tanlovlar (eng yaxshi dars ishlanmasi, eng yaxshi fan xonasi va boshqalar), Avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yig‘ilishlarini tashkilashtiradi va o‘tkazilishini ta'minlaydi;

 “Ustoz-shogird” tizimi asosida fan o‘qituvchilarining malakasini oshirishga metodik va amaliy yordam beradi;

mazkur fan o‘qituvchilari to‘g‘risida ma'lumotlar bankini yaratadi va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini ta'minlaydi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    ta'lim muassasalarida metallolom topshirish rejalarining bajarilishini ta'minlaydi;

o‘quv-tarbiya muassasalarida yo‘l harakati qoidalari fanining o‘qitilishini nazorat qiladi, ushbu yo‘nalishda tashkil qilinadigan turli xil uchrashuvlar, ko‘rik-tanlovlarda ta'lim muassasalari va tuman jamoalarining ishtirokini ta'minlaydi;

         o‘quv-tarbiya muassasalarida yong‘inga qarshi kurash choralarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini nazorat qiladi, ushbu yo‘nalishda tegishli tashkilotlardan kelgan turli xil ko‘rsatmalarning o‘z vaqtida ijro qilinishini ta'minlaydi;

         o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

Ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili, qardosh tillar metodisti

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili, qardosh tillar o‘quv fanlarining o‘qitilishi bo‘yicha metod birlashmalar va metodik kengashlar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta'minlaydi;

ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili, qardosh tillar o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilar bilimining davlat ta'lim standartlariga mosligi monitoringi natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, bo‘shliqlarni to‘ldirish ishlarini tashkil etadi;

o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy attestatsiya natijalarini o‘rganib tahlil qiladi, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi, ta'lim muassasalariga yetkazadi;

o‘qituvchilarni o‘quv tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta'minlaydi;

mazkur fanlar bo‘yicha metodik ishlarini muvofiqlashtiradi, turli sinovlar natijalarini tahlil qiladi, yangi o‘quv metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlaydi, yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazadi;

o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta'minlanishida yordam beradi, ulardan foydalanishni tashkil etadi;

ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga va mazkur fanlarning o‘qitilishi sifatini oshirishga oid turli anjuman, ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quvlar, ko‘rik-tanlovlar (eng yaxshi dars ishlanmasi, eng yaxshi fan xonasi va boshqalar), Avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yig‘ilishlarini tashkillashtiradi va o‘tkazilishini ta'minlaydi;

fanlar bo‘yicha maktab va tuman (shahar) bellashuvlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi, natijasini tahlil qiladi hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqadi;

Davlat ta'lim standartlari va o‘quv dasturlari tajriba-sinovi ishlari bo‘yicha tajriba maydonlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatadi;

“Ustoz-shogird” tizimi asosida fan o‘qituvchilarining malakasini oshirishga metodik va amaliy yordam beradi;

yosh mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha “Ustoz-shogird” maktablaridan foydalanishni ta'minlaydi;

maktab o‘qituvchilari darslarini tahlil qiladi va ularga metodik yordam ko‘rsatadi;

tuman tayanch ta'lim muassasalari negizida ona tili fanini o‘qitilish sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga oid seminar va konferensiyalar o‘tkazadi, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishni ta'minlaydi;

mazkur fan o‘qituvchilari to‘g‘risida ma'lumotlar bankini yaratadi va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini ta'minlaydi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA: O‘zR XTV, Ta'lim markazi, QR XTV hamda Respublika o‘quv-metodika markazi tomonidan rejalashtirilgan turli xil konferensiyalar, uchrashuvlar va ko‘rik-tanlovlarning (“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”,”Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”,”Yil maktabi” kabi) o‘tkazilishiga boshchilik qiladi;

ta'lim muassasalarida malaka oshirish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi, rejalarning oylik, har chorak, yarim yillik natijalarini umumlashtiradi va Davlat ta'lim standartlariga rioya etish monitoringini metodik ta'minlash kichik guruhiga taqdim qiladi;

         A. Avloniy nomidagi RPKQTMOMI hamda K. Ubaydullayev nomidagi RPKQTMOI bilan hamkorlikda ish olib boradi, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarning o‘z vaqtida ijro qilinishini ta'minlaydi;

         o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

 

Ijtimoiy fanlar (tarix, huquq, iqtisod) metodisti

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: ijtimoiy fanlarning  o‘qitilishi bo‘yicha metod birlashmalar va metodik kengashlar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta'minlaydi;

o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy attestatsiya natijalarini o‘rganib tahlil qiladi, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi, ta'lim muassasalariga yetkazadi;

o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta'minlanishida yordam beradi, ulardan foydalanishni amalga oshiradi;

mazkur fanlar bo‘yicha metodik ishlarini muvofiqlashtiradi, turli sinovlar natijalarini tahlil qiladi, yangi o‘quv metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlaydi. Yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazadi;

o‘qituvchilarning dars jarayonida amaliy  mashg‘ulotlarini o‘tkazishni nazorat kiladi, monitoringini olib boradi va bu borada metodik yordam ko‘rsatadi;

ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga va sifatini oshirishga oid turli anjuman, ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quvlar, ko‘rik-tanlovlar (eng yaxshi dars ishlanmasi, eng yaxshi fan xonasi va boshqalar), Avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yig‘ilishlarini tashkilashtiradi, o‘tkazilishini ta'minlaydi;

fanlar bo‘yicha maktab va tuman (shahar) bellashuvlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi, natijasini tahlil qiladi hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqadi;

“Ustoz-shogird” tizimi asosida fan o‘qituvchilarining malakasini oshirishga metodik va amaliy yordam beradi;

mazkur fan o‘qituvchilari to‘g‘risida ma'lumotlar bankini yaratadi va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini ta'minlaydi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:  o‘quv-tarbiya muassasalarida o‘tkaziladigan “Siz tarixni bilasizmi?”, “Siz qonunni bilasizmi?” kabi ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishiga boshchilik qiladi;

         o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

Xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis) metodisti

 


xorijiy tillarning o‘qitilishi bo‘yicha metod birlashmalar va metodik kengashlar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta'minlaydi;

o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy attestatsiya natijalarini o‘rganib tahlil qiladi, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi, ta'lim muassasalariga yetkazadi;

o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta'minlanishida yordam beradi, ulardan foydalanishni amalga oshiradi;

mazkur fanlar bo‘yicha metodik ishlarini muvofiqlashtiradi, turli sinovlar natijalarini tahlil qiladi, yangi o‘quv metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlaydi. Yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazadi;

ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga va sifatini oshirishga oid turli anjuman, ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quvlar ko‘rik-tanlovlar (eng yaxshi dars ishlanmasi, eng yaxshi fan xonasi va boshqalar), Avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yig‘ilishlarini tashkilashtiradi, o‘tkazilishini ta'minlaydi;

fanlar bo‘yicha maktab va tuman (shahar) bellashuvlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi, natijasini tahlil qiladi hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqadi;

“Ustoz-shogird” tizimi asosida fan o‘qituvchilarining malakasini oshirishga metodik va amaliy yordam beradi;

mazkur fan o‘qituvchilari to‘g‘risida ma'lumotlar bankini yaratadi va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini ta'minlaydi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

Rus tili va adabiyoti (o‘zbek va rus maktablari uchun) metodisti

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: rus tili va adabiyotining o‘qitilishi (ta'lim o‘zbek  va boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda hamda ta'lim rus tilida olib boriladigan maktablarda) bo‘yicha metod birlashmalar va metodik kengashlar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta'minlaydi;

o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy attestatsiya natijalarini o‘rganib tahlil qiladi, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi, ta'lim muassasalariga yetkazadi;

o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta'minlanishida yordam beradi, ulardan foydalanishni amalga oshiradi;

mazkur fanlar bo‘yicha metodik ishlarini muvofiqlashtiradi, turli sinovlar natijalarini tahlil qiladi, yangi o‘quv metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlaydi. Yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazadi;

ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga va sifatini oshirishga oid turli anjuman, ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quvlar ko‘rik-tanlovlar (eng yaxshi dars ishlanmasi, eng yaxshi fan xonasi va boshqalar), Avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yig‘ilishlarini tashkilashtiradi, o‘tkazilishini ta'minlaydi;

fanlar bo‘yicha maktab va tuman (shahar) bellashuvlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi, natijasini tahlil qiladi hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqadi;

mazkur fan o‘qituvchilari to‘g‘risida ma'lumotlar bankini yaratadi va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarini bajarilishini ta'minlaydi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA: ta'lim muassasalarida “Ustoz-shogird maktabi” ni tashkil qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga umumiy rahbarlik qiladi, zarur hisobotlarni taqdim qiladi;

         O‘zR XTV ning YUNISEF Bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab dasturining tuman umumta'lim maktablarida joriy qilinishiga metodik yordam berishni tashkil qiladi;

         o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

 Jismoniy tarbiya,  mehnat, musiqa fanlari metodisti

 


ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: jismoniy tarbiya, mehnat, musiqa fanlarining  o‘qitilishi bo‘yicha metod birlashmalar va metodik kengashlar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta'minlaydi;

o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy attestatsiya natijalarini o‘rganib tahlil qiladi, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi, ta'lim muassasalariga yetkazadi;

o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ommaviy jalb qilishni, bolalar sport inshoatlaridan samarali foydalanishni ta'minlaydi;

mazkur fanlar bo‘yicha metodik ishlarini muvofiqlashtiradi, turli sinovlar natijalarini tahlil qiladi, yangi o‘quv metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlaydi. Yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazadi;

o‘quvchilar o‘rtasida turli sport musobaqalarini o‘tkazadi, Avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yig‘ilishlarini tashkilashtiradi, o‘tkazilishini ta'minlaydi;

fanlar bo‘yicha maktab va tuman (shahar) bellashuvlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi, natijasini tahlil qiladi hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqadi;

“Ustoz-shogird” tizimi asosida fan o‘qituvchilarining malakasini oshirishga metodik va amaliy yordam beradi;

mazkur fan o‘qituvchilari to‘g‘risida ma'lumotlar bankini yaratadi va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarini bajarilishini ta'minlaydi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari hamda maktabdan tashqari ta'lim muassasalari metodisti

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari metod birlashmalar va metodik kengashlar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta'minlaydi;

“Milliy g‘oya va ma'anviyat asoslari” turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitilishi va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi yo‘nalishidagi ishlarni ta'lim muassasalarida amalga oshirilishini ta'minlaydi;

o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy attestatsiya natijalarini o‘rganib tahlil qiladi, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi, ta'lim muassasalariga yetkazadi;

o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta'minlanishida yordam beradi, ulardan foydalanishni amalga oshiradi;

mazkur fanlar bo‘yicha metodik ishlarini muvofiqlashtiradi, turli sinovlar natijalarini tahlil qiladi, yangi o‘quv metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlaydi. Yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazadi;

ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga va sifatini oshirishga oid turli anjuman, ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quvlar ko‘rik-tanlovlar (eng yaxshi dars ishlanmasi, eng yaxshi fan xonasi va boshqalar), Avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yig‘ilishlarini tashkilashtiradi, o‘tkazilishini ta'minlaydi;

fanlar bo‘yicha maktab va tuman (shahar) bellashuvlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi, natijasini tahlil qiladi hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqadi;

“Ustoz-shogird” tizimi asosida fan o‘qituvchilarining malakasini oshirishga metodik va amaliy yordam beradi;

mazkur fan o‘qituvchilari to‘g‘risida ma'lumotlar bankini yaratadi va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini ta'minlaydi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA: tuman o‘quv-tarbiya muassasalarida gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish ishlarini tashkil qiladi, tegishli hisobotlarni tayyorlaydi, tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida taqdim qiladi;

         “Kamolot” YOIH tuman Kengashi, “Kamalak” bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda ish olib boradi, tegishli ko‘rik-tanlovlar va uchrashuvlarni tashkil qilish va o‘tkazishga boshchilik qiladi;

         o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.


Sana: 2013-03-16


Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Bir kun ertalab metroga tushayotgandim. Bir ayol ikkita farzandi bilan tushayotgan ekan. Bitta farzandini yoshi kichikroq, ikkinchisiniki esa kattaligi ko’rinib turibdi, xar holda 7 yoshdan kattaligi aniq. Ammo ayol faqat o’zi uchun jeton olib, farzandlarini maxsus imtiyozga ega insonlar o’tadigan joydan o’tkaza boshladi. Metro xodimasi katta yoshli boladan “xitlandi” va bolani to’xtatib, “Сколько тебе лет?” deb ruschada so’radi. Bola ruschani bilmaskan, onasi “yordam”ga keldi: — Voy, hali 7 yoshga ham to’lgani yo’q-ku. — Какого года рождения, - deb qayta so’radi metro xodimasi. Shunda ayol beixtiyor: — Девяноста…, - deb boshladi-yu, birdan to’xtab qoldi. O’zi ham kulib yubordi…

Xushnudbek Xudayberdiyev

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?