AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash sho‘basi xodimlari lavozim majburiyatlari

Ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash sho‘'basi rahbari lavozim majburiyatlari

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: sho‘'baning yillik rejasini ishlab chiqadi hamda amalga oshirishda o‘quv-tarbiya va ma'naviy-axloqiy ishlarning ta'lim muassasalarida bajarilishini ta'minlaydi;

maktab yoshidagi bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta'limga tortilishini, oiladagi yoki mustaqil ravishda ta'lim olish masalalarini amalga oshiradi;

ommaviy axborot vositalarida bo‘lim va uning tasarrufidagi ta'lim muassasalari faoliyati va maqsadlarini targ‘ibot etadi;

tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda xalq ta'limi tizimidagi ilmiy tadqiqot olib boruvchi tashkilotlarning imkoniyatlaridan foydalanadi, pedagogika fani yutuqlarini va ilg‘or tajribalarni ommalashtiradi;

voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha shug‘ullanadi hamda o‘quvchilar orasida jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va shunga o‘xshash zararli odatlardan saqlanish, uning oldini olish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi;

maktab o‘quvchilarining bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki dam olishlarini rejalashtirish va mazmunli o‘tkazilishini ta'minlaydi;

Barkamol avlodni tarbiyalashda «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» Konsepsiyasi doirasida ishlarni amalga oshiradi;

ma'naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishida tuman (shahar) miqyosida keng ko‘lamda turli xil tarbiyaviy ishlar, seminar, suhbat, o‘quv, ko‘rik-tanlovlar va tadbirlarni rejalashtiradi, o‘tkazilishini ta'minlaydi;

ta'lim muassasalarida sinf rahbari, boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligini oshirishni ta'minlaydi.

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA: ta'lim muassasalarida turli xil shanbaliklar, xayriya hasharlari tashkil qilinishini muvofiqlashtirib boradi, tegishli hisobotlarni tayyorlaydi va aloqador tashkilotlarga taqdim qiladi;

         ta'lim muassasalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga boshchilik qiladi, zarur hisobotlar tayyorlaydi, tahlil qiladi.

 

Ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash sho‘'basi mutaxassisi

 


ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: yoshlarni milliy g‘oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma'naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, diniy aqidaparastlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik ishlarini muvofiqlashtiradi va shu ishlarni oldini olish maqsadida jamoatchilikni, mahallani, oilalarni, ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda tadbirlar o‘tkazilishini ta'minlaydi;

tuman (shahar) hokimliklari xuzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaning qarori va ko‘rsatmalarini xalq ta'limi sohasida amalga oshirilishini ta'minlaydi.

tuman (shahar) prokuraturasi, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport ishlari bo‘limlari va mahalla, «Kamolot» YOIH tuman kengashlari bilan ta'lim-tarbiya sohalarida hamkorlik qiladi;

 ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, sinf rahbarlari ishini muvofiqlashtiradi, ular uchun ma'naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishida seminar-mashg‘ulotlarni tashkil etadi va o‘tkazadi.

ota-onalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda diniy ekstremizm, aqidaparastlik va turli xil diniy oqimlarga o‘quvchi-yoshlarni kirib qolishlarini oldini olish borasida o‘qituvchilar uchun uslubiy va amaliy yordam beradi;

huquq-tartibot idoralari xodimlari, «Mahalla» hayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda tarbiyasi og‘ir bolalarni ta'lim muassasalariga jalb qilish ishlarini ta'minlaydi;

o‘quvchilar o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalari faoliyatini tashkil etadi, bu borada «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Kamalak» bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda ish yuritadi va bolalar yetakchisi ishini amalga oshirilishini ta'minlaydi;

sog‘liqni saqlash bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom muhitni targ‘ib qilish borasida, OIV/OITS (VICH/SPID) kasalligini oldini olish, giyohvandlik profilaktikasi va ekologik ta'lim-tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishni ta'minlaydi;

Ta'lim muassasalarida «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar», Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari,  «Vatan tuyg‘usi», «Odobnoma» fanlarining  o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy yordamlar ko‘rsatadi.

«Vatan himoyachilari kuni», «8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami», «So‘nggi qo‘ng‘iroq», «Navro‘z», «Mustaqillik kuni», «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni», «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni», «Bilimlar kuni», «Konstitutsiya kuni» va shu kabi nishonladigan bayram sanalariga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etilishini ta'minlaydi.

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

 

Bolalarni ijtimoiy himoyasi bo‘yicha mutaxassis  (vasiylik va homiylik bo‘yicha)

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: Ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi, ularni hisobga oladi va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan har bir holatda bola manfaatlaridan  kelib chiqib, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydi: farzandlikka berish, vasiy yoki homiy tayinlash, oilaga tarbiyaga berish (patronat), internat turidagi muassasalarga joylashtirish ishlarini amalga oshiradi; 

tuman, shahar hokimiga voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka, vasiylikka, homiylikka  olish yuzasidan tavsiyanomalar tayyorlaydi;

vasiy va homiy huquqlarining amalga oshirilishi hamda majburiyatlarining bajarilishi ustidan hamda oilaga tarbiyaga olingan yoki internat turdagi muassasalarga joylashtirilgan bolalarning turmush sharoitlarini, ta'lim tarbiya olishlarini nazorat qiladi;

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan vasiylikka yoki homiylikka olingan, oilaga tarbiyaga (patronat) berilgan bolalarning  mol mulkining saqlanishi ustidan tegishli huquqiy organlar bilan hamkorlikda nazoratini olib boradi;

farzandlikka olish sirining saqlanishini ta'minlaydi, farzandlikka olgan va farzandlikka olishni istovchi shaxslarning, farzandlikka olinganlarning, shuningdek, vasiylik va homiylikka ehtiyoji bo‘lgan voyaga yetmaganlarning, vasiy va homiy bo‘lishni hamda bolalarni tarbiyaga olishni istovchi shaxslarning, vasiylikka va homiylikka hamda tarbiyaga olingan voyaga yetmaganlarning, vasiylar va homiylarning hisobini yuritadi;

davlat muassasalari (internatlar)ga yuborilgan voyaga yetmagan bolalarning hisobini olib boradi, ularga oid bo‘lgan hujjatlarni tayyorlaydi va ijrosini ta'minlaydi;

belgilangan tartibda ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida da'vo taqdim etadi, sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning huquqini cheklash to‘g‘risida, shuningdek, ota-onalik huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etadi;

qonunga muvofiq bolalarni ijtimoiy himoyasini ta'minlash monitoringini olib boradi va boshqa qonunda belgilangan vazifalarni bajaradi.

 

JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA:    o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.


Sana: 2013-03-15