AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

BINOLARNING TEXNIK HOLATI, TA'LIM MUASSASALARINING INFRATUZILMASI VA JIHOZLANGANLIGI MASALALARI BO‘YICHA MUTAXASSIS

Binolarning texnik holati, ta'lim muassasalarining infratuzilmasi va jihozlanganligi masalalari bo‘yicha mutaxassis (muhandis) lavozim majburiyatlari

 

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: ta'lim muassasalari binolari, infratuzilma ob'yektlarining texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda doimiy o‘rganib boradi;

har yili 1 aprelgacha rekonstruksiya qilinishi, mukammal ta'mirlanishi va jihozlanishi (to‘liq jihozlanishi) kerak bo‘lgan ta'lim muassasalari ro‘yxatini aniqlash va hududiy xalq ta'limi boshqarmalariga kiritilishini ta'minlaydi;

qurilish-ta'mirlash ishlarining olib borilishi va jihozlanishi hamda mablag‘larning moliyalashtirilishi monitoringini olib borish va  hududiy xalq ta'limi boshqarmasiga ma'lumotlar taqdim etadi;

manzilli dasturga kiritilgan ta'lim muassasalarida qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlarini qurilish me'yorlari va qoidalariga asosan olib borilishi va ta'mirlanishini ta'minlaydi; 

qurilish-ta'mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilib, foydalanishga qabul qilinishida shaxsan ishtirok etib, loyiha smeta hujjatlari asosida qurilish-ta'mirlash ishlarini bajarilganligini ta'minlaydi;

ta'lim muassasalariga yetkazib berilayotgan jihozlarni belgilangan ta'lim muassasalariga yetkazib berilishini hamda jihozlarni sinf xonalariga to‘g‘ri taqsimlanishini amalga oshiradi;

o‘quv yili yakunlanishi bilan ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini o‘rganib chiqib, ularni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, maktablarga zarur bo‘lgan jihozlar bilan to‘liq ta'minlash maqsadida hududiy xalq ta'limi boshqarmalari va tuman moliya bo‘limlariga talabnomalar taqdim etadi;

yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan ta'lim muassasalarini kapital va joriy ta'mirlash rejalarini (mablag‘ manbaini aniqlagan holda) ishlab chiqib, tasdiqlangan holda hududiy xalq ta'limi boshqarmalariga taqdim etadi;

kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida ko‘mir, suyuq yoqilg‘i, tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash va ma'lumotlarni umumlashtirilgan holda hududiy xalq ta'limi boshqarmalariga taqdim etish hamda rejalashtirilgan yoqilg‘ilarning sifati, ularni ta'lim muassasalariga yetkazilishi va saqlanishini ta'minlaydi;

har yili 1 oktyabrga qadar tasarrufdagi ta'lim muassasalarini kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirilishiga mas'ul hisoblanadi;

ta'lim muassasalari binolarini va ulardagi mavjud jihozlarning saqlanishini “Barcha ta'lim tizimidagi muassasalarning bino va inshootlarining saqlanishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi hamda “Barcha ta'lim muassasalarining mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va inventarlaridan samarali foydalanish hamda ularni saqlash to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomalarga asosan ishlarni olib borilishini ta'minlaydi.

 


Sana: 2013-03-14


Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan qolmaydigan do’st-shunchaki do’st. Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan qolmaydigan, boshingga bulut kelganida g’oyib bo’ladigan do’st-do’st emas. Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan qolmaydigan, boshingga bulut kelganida xiyonat qiladigan “do’st”- dushman. Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan quvmaydigan, boshingga bulut kelganida izingdan qolmaydigan do’st-haqiqiy do’st.

O'tkir Hoshimov

Savolnoma

Saytda qanday mavzuda ma'lumotlar berilishini istardingiz?