AMUDARYO TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMINING RASMIY SAYTI

Amudaryo tumani haqida

AMUDARYO TUMANI – Qoraqalpog`iston Respublikasi tarkibidagi tuman. 1957 yil 18 dekabrda tashkil etilgan. Amudaryo tumani shimolda Nukus tumani, sharqda Xorazm viloyatining Gurlan tumani, janubda hamda g`arbda Turkmanistonning Gubadog tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,02 ming km2. Aholisi 175.3 ming kishi. 

Tabiati.  Amudaryo tumani relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Amudaryoning chap sohili bo`ylab Jumurtov tizmasi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o`rtacha temperaturasi — 16, — 2G, iyulniki +27  + 32°. Yiliga o`rtacha 100 — 110 mm yog`in tushadi. Amudaryo tumanida Qipchoqarna, Mang`itarna, Qilichniyozboyarna kanallari, Qorako`lyop, Bog`yop, Seityop, Oqoltin, Alieliyop, Eshonyop, Sho`ryop, Xalimbegyop, Uyshinyop, Qumyop, Chatli-yop, Qizilyop, Qulotyop, Cho`rchiyop, Qirqarkanyop, Xorazmyop, Quyi Tuvlig`ayop, Jumuryop, Oltinyop, Toshyop, Alimboyyop, Qoraqalpoqyop, Bo`zsuv ariqlari bor. Bu kanal va ariqlar barcha xo`jalik yerlarini suv bilann ta'minlaydi. Yerlarni sho`rlanish va botqoqlanishdan saqlash maqsadida kollektorlar qurilgan. Tuman xududidagi Shaharsafo, O`rkako`l, Qoracho`tal, Choyko`l, Tuzloq, Tojikalko`l, Baytuko`l, Uzunko`l, Sarichnugulko`l, Oqseytbobo va Otajon ko`llarida baliq, o`rdak va boshqa qushlar ko`p. Ko`llardagi qamish va yakandan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Tuman hududi, asosan, soz va qumloq tuproqli bo`lib, tol, terak, tut, gujum, qaramon, to`rang`il, oqbosh, yantoq, ajriq, pechak, sho`ra, qamish, chirmovuq, semizo`t, yakan, otquloq va boshqa o`sadi. Qobon, shoqol, bo`ri, kemiruvchilardan sichqon, kalamush, qushlardan qirgovul, o`rdak, g`oz, qarg`a, zog`cha, chumchuq, ko`kquton, kaptar, qumri, ko`kqarga, sariq chumchuq, to`rg`ay va boshqa yashaydi.

 

Aholisi, asosan, o`zbeklar, qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg`iz, rus, tatar, koreys, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o`rtacha 132 kishi to`gri keladi (1999 yil).

 

Xo`jaligi ko`p tarmoqli. Sanoat korxonalaridan Mangit paxta tozalash, gisht zavodlari, maishiy xizmat kombinati, Mangit ip-yigiruv va tikuvchilik kombinatlari, Qoraqalpog`istonda eng yirik xo`jaliklararo qurilish boshqarmasi va 3 tuzatish-qurilish tashkilotlari va yirik qurilish tashkilotlari bor. Amudaryo tumani Taxiatosh GRES energiyasidan foydalanadi.

 

Qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlari paxtachilik, pillachilik, bog`dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilikdir. Keyingi yillarda baliqchilik ham yo`lga qo`yilmoqda. "Amu TV" tuman televideniesi faoliyat yuritadi.  «Taraqqiyot ko`zgusi» tuman gazetasi 1934 yildan chiqadi (adadi 5000). 

 

 

Amudaryo tumani haqida fotosuratlar

 

(Rasmlarni kattalashtirib ko`rish uchun surat ustiga sichqonchani olib borib cherting)

 

Bobur ovuli (6-sonli maktab va Melioratsiya kolleji) 

 

 

Amudaryo daryosi bo`yidagi tarixiy Gaur qal`asi 

 

 

 

Amudaryo daryosi bo`yidagi Qoratov posyolkasi 

 

 

 

Bobur ovulidagi paxta dalasi 

 

 

 

 

Amudaryo tuman hokimligi

 

 

 

 

 

Xorazm viloyatidan kirishdagi darvoza

 

 

 

 

 

 

 

 

Chilpiq qishki ko`rinishi (janub tomondan) 

 


Sana: 2014-02-26